Diametri 40 sm bo‘lgan daraxtni kesganlik uchun jarima 9 million so‘m bo‘ladi
O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi, Toshkent shahri hokimligi va Respublika Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi bilan hamkorlikda tashkil qilingan yig‘ilishda sohada amalga oshirilgan ishlar va muammolar tahlil qilindi va o‘zaro muhokama qilindi. Asosiy mavzu hozirgi kunda ijtimoiy tarmoqlarda bahslarga sabab bo‘lgan noqonuniy daraxtlar kesilishi va aholi orasida yuzaga kelgan noroziliklar haqida bo‘ldi.
“Respublika bo‘yicha 2018 yil dastlabki 6 oyida noqonuniy ravishda kesilgan daraxtlar bo‘yicha 1 ming 200 ta holat aniqlandi va ularning 95 tasi Toshkent shahri hissasiga to‘g‘ri kelmoqda va ushbu qonunbuzarliklarga nisbatan umumiy 17 mln. so‘m miqdorida jarima belgilandi. O‘simlik dunyosiga yetkazilgan zarar miqdori qariyb 1 mlrd. so‘mni tashkil etadi. Lekin uning ancha qismi hali undirilmagan”, deya ma'lumot berdi Bioxilma-xillik va muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni muhofaza qilish va ulardan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi bo‘lim boshlig‘i N.Mo‘minov.
Shuningdek, Qo‘mitaning faoliyatiga tanqidiy baho berildi. Yuzaga kelgan muammolar, ularni bartaraf etish borasida aniq yechimlar taklif etildi. Jumladan, noqonuniy tarzda daraxt kesgan shaxslarga nisbatan jarima miqdorini keskin oshirish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi ishlab chiqilmoqda. Ayni paytda 40 sm. diametrdagi daraxtni kesgan jismoniy shaxslardan EKIHning 3-5 va mansabdor shaxslardan 5-10 baravar miqdorida jarimaga tortiladi. Taqdim etilgan yangi qaror loyihasiga ko‘ra, jarima miqdori EKIHning 49 baravarida belgilanishi taklif etilmoqda. Bundan ko‘zlangan maqsad qonunbuzilish holatlarini yanada kamaytirish.
Yana bir yangiliklardan biri axborot berish mobil ilovasi yaratish rejalashtirilgan. Unga ko‘ra, atrof-muhitga zarar yetkazilayotgan paytda zudlik bilan tegishli organlarga axborot berish mumkin. Ilovani qo‘l telefoniga yuklab, qonunbuzilish holatlari haqida tezlik bilan xabar berishingiz mumkin bo‘ladi. Tizimning yo‘lga qo‘yilishi jamoatchilik nazoratini kuchayishiga va atrof-muhit muhofazasiga katta hissa qo‘sha oladi.
Mavzuga oid
18:34 / 08.11.2024
Markaziy bank 7 ta bank va 2 ta mikromoliya tashkilotini jarimaga tortdi
07:50 / 31.10.2024
Yo‘lning chetki chap qatorida harakatlangan yuk mashinasi haydovchilari jarimaga tortiladi
11:00 / 04.10.2024
195 km/soat tezlikda avtomobil boshqargan Jahongir Otajonov jarimaga tortildi
07:20 / 20.09.2024