Jahongir Otajonov Toşkent-Samarqand yölida 195 km/soat tezlikkaça çiqqani uçun Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 128/3-moddasiga muvofiq BHMning 9 baravari (3 mln 375 ming söm) miqdorida jarimaga tortildi. Şuningdek, kodeksning 128/1-moddasiga köra, yölda telefondan foydalanib holatni videoga olgani uçun esa BHMning 3 baravari miqdorida (1 mln 125 ming söm) jarima tayinlangan.
Fuqaro jarimani 15 kun içida tölasa 50 foizlik çegirma qöllaniladi.
YHXX xodimlari bilan suhbatda xonandaga “özingizga qanday xulosaga ega böldingiz”, degan savol berilgan. “Endi aslida bu töğri hisoblamayman, avvalo özim uçun xavfli. Avvalo insonmiz…”, deya javob bergan xonanda.

















