Shavkat Mirziyoyev Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining prezidentini qabul qildi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun 1 avgust kuni tashrif bilan mamlakatimizda bo‘lib turgan Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining (YeTTB) prezidenti Suma Chakrabartini qabul qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
“Davlatimiz rahbari mehmonni qutlar ekan, O‘zbekiston va YeTTB o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlik yuqori sur'atlarda rivojlanayotganligidan chuqur qoniqish hosil qilayotganligini bildirdi”, - deyiladi xabarda.
Uchrashuv davomida o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish, uni yangi dastur va loyihalar bilan boyitish masalalari muhokama qilindi.
YeTTB prezidenti O‘zbekiston prezidentining o‘zaro manfaatli va samarali mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash, Markaziy Osiyoda tinchlik, barqarorlik va farovonlikni ta'minlashga qaratilgan tashabbuslarining muhim ahamiyatga ega ekanligini ta'kidladi va bu tashabbuslarni qat'iy qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.
Matbuot xizmatining bildirishicha, o‘tgan yilning martida Toshkentda bo‘lib o‘tgan uchrashuvdan buyon tomonlar o‘rtasida hamkorlikda ulkan miqyosdagi ish amalga oshirildi va dastlabki natijalarga erishildi.
O‘tgan davr mobaynida bank tomonidan respublikada tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash loyihalarini moliyalashtirish uchun 190 million dollardan ortiq miqdorda kredit liniyalari ajratildi.
Hozirda qishloq xo‘jalik infrastrukturasi va uy-joy qurilishi sohasini rivojlantirish, energetika sohasi va qishloq xo‘jalik obektlarini modernizatsiya qilish, biznesni qo‘llab-quvvatlash va boshqa yo‘nalishlardagi umumiy qiymati 1 milliard dollardan oshadigan istiqbolli loyihalar ko‘rib chiqilmoqda. Yaqin oylarda ular ichidan 600 million dollarlik loyihalarni ma'qullash rejalashtirilgan.
Shu yilning sentabr oyida qabul qilinishi rejalashtirilgan YeTTBning O‘zbekiston bilan hamkorlik strategiyasi ustidagi ishlar yakuniga yetmoqda.
Bundan tashqari, Toshkentda o‘tgan yilning noyabrida bank vakolatxonasi o‘z faoliyatini tiklagan bo‘lib, viloyatlarda uning filiallarini tashkil etish ko‘zda tutilmoqda.
Mavzuga oid
07:53 / 30.08.2024
YeTTB O‘zbekistonda qayta tiklanadigan vodorod ishlab chiqarish uchun mablag‘ ajratadi
18:48 / 24.05.2024
YeTTB Markaziy Osiyo bo‘limiga yangi direktor tayinlandi
15:03 / 15.05.2024
YeTTB 2024 yilda Rossiyaning iqtisodiy o‘sishi prognozini 2,5 foizgacha yaxshiladi
22:40 / 02.05.2024