Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Serena Uilyams faoliyatidagi eng yirik mag‘lubiyatga uchradi
San-Xosedagi WTA turnirining birinchi davrasida amerikalik tennischi Serena Uilyams britaniyalik Yoxanna Kontega mag‘lubiyatga uchradi.
Bahs 52 daqiqa davom etdi. Uilyams ikki setda 1:6 va 0:6 hisoblarida mag‘lubiyatga uchradi. U faoliyati davomida ilk bor uchrashuv davomida bitta geym oldi.
Uilyams professional tennisda ilk bor 1995 yilda debyut qilgan. Konte bilan bahsga qadar uning Singapurdagi WTA musobaqasida ruminiyalik Simona Xalep bilan uchrashuvi Serenaning eng yomon chiqishi bo‘lgan. U o‘shanda ikki setda 0:6, 2:6 hisoblarida mag‘lub bo‘lgan.
Mavzuga oid
13:30 / 08.09.2019
19 yoshli tennischi qiz Serena Uilyamsni yengib, US Open chempioni bo‘ldi
09:40 / 07.08.2019
Dunyoning eng serdaromad ayol sportchilari reytingi e'lon qilindi
19:51 / 13.07.2019
Finalda Serena Uilyamsni yenggan Simona Xalep «Uimbldon» chempioni bo‘ldi
11:50 / 09.09.2018