O‘zbekiston | 20:39 / 01.08.2018
5616
2 daqiqa o‘qiladi

Turistik firmalarga litsenziyalar berila boshlandi

Toshkent viloyatida faoliyat yuritayotgan sayyohlik firmalariga litsenziyalar berila boshlandi. Bu haqida KUN.UZ'ga viloyat Turizmni rivojlantirish kompleksidan xabar berildi. 

Toshkent viloyatining turizm masalalari bo‘yicha hokim o‘rinbosari S.Nizamov tomonidan turoperatorlik litsenziyasi  “PLANETA HOLIDAYS” MChJga tantanali ravishda topshirilib, viloyatning turizm salohiyatini aks ettiruvchi rus va ingliz tillarida nashr etilgan qo‘llanmalar taqdim etildi. 

Foto: Toshkent viloyati Turizmni rivojlantirish kompleksi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 11 aprelda “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini yanada qisqartirish va soddalashtirish, shuningdek, biznes yuritish shart-sharoitlarini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risidagi» PF-5409-sonli farmoni qabul qilingan edi. Mazkur Farmonga muvofiq, turoperatorlarga litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarining soddalashtirilgan mexanizmlarini belgilash, shaffoflikni ta'minlash, biznes bilan o‘zaro munosabatlarda huquqiy aniqlikni mustahkamlash va davlat organlari tomonidan asossiz ma'muriy nazoratni bekor qilish orqali litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillariniyanada soddalashtirish belgilab berilgan. 

Shuningdek, 2018 yil 1 iyun kunidan boshlab litsenziya va ruxsat berish xususiyatiga ega hujjatlarni berish funksiyasini respublika davlat boshqaruv organlaridan ularning hududiy boshqarmalariga va mahalliy davlat hokimyati organlariga, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklaridan tuman (shahar) hokimliklariga o‘tkazish xuquqi berildi.

Mavzuga oid