Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“O‘zbekneftgaz”: birja va gaz quyish shoxobchalaridagi narxlarni boshqarish imkoniga ega emasmiz
Foto: ung.uz
“O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining o‘rinbosari Odil Temirovning aytishicha, may-iyun oylarida ichki birja savdolarida suyultirilgan gaz qiymatining o‘sishi yoqilg‘i narxining oshishiga sabab bo‘ldi. U bu haqda O‘zA muxbiri bilan suhbatda ma'lum qildi.
“O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan iste'molga chiqarilayotgan gaz hajmi bu yil o‘tgan yilga nisbatan 26 foizga orttirildi. Shu bilan birga, 2017 yil bilan solishtirilganda, suyultirilgan gaz quyadigan mashinalar soni 11 mingga kamaygan. Shunga qaramay, biz Tovar-xomashyo birjasida narxlarning o‘sishini kuzatmoqdamiz”, - dedi Temirov.
Temirovning so‘zlariga ko‘ra, suyultirilgan gaz birjaga ishlab chiqarish tannarxida bir tonna uchun 500 mingdan 1 million so‘mgacha bo‘lgan qiymatda chiqariladi. Savdo vaqtida mijozlarning o‘zi narxni belgilaydi va eng yaxshi taklif bergan mijoz gazni sotib oladi.
“Hozirgi kunda biz, ishlab chiqaruvchilar va ta'minotchilar Tovar-xomashyo birjasidagi narx shakllanishini ham, gaz quyish shoxobchalaridagi narxlarni ham boshqarish imkoniga ega emasmiz”,- dedi u.
Shu bilan birga u “O‘zbekneftgaz” AJ yillik jadval asosida ishlashini, suyultirilgan gaz asosan qo‘shni davlatlarga eksport qilinishini va buning mamlakatdagi ichki talabga hech qanday ta'siri yo‘qligini ta'kidladi.
Eslatib o‘tamiz, 1 avgustdan O‘zbekistonda 1 kilogramm suyultirilgan gaz narxi 800 so‘m etib belgilandi.
Mavzuga oid
11:37 / 19.12.2025
Neft-gaz sohasida kutilgan natijalarga erishilmayapti - Qo‘chqorov
20:28 / 17.12.2025
«O‘zbekneftgaz» Trampga yaqin ekani aytiladigan lobbi kompaniya bilan 5 yillik shartnoma imzoladi
18:59 / 17.12.2025
Abdug‘ani Sanginov “O‘zbekneftgaz” raisi etib tayinlandi
12:30 / 12.12.2025