Birdaniga to‘rt tumanning hokimi va sektor rahbarlari lavozimidan ozod etildi
Vazirlar Mahkamasining “G‘o‘za parvarishida yuzaga kelgan murakkab vaziyatning salbiy oqibatlarini bartaraf etish hamda hosilga hosil qo‘shishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Hujjatga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi va viloyatlar hokimlari, ayniqsa, Qashqadaryo, Samarqand va Surxondaryo viloyatlarida 4ta sektor rahbarlari g‘o‘za parvarishida agrotexnik tadbirlarni belgilangan muddatlarda o‘tkazish, shuningdek, rivojlanishda orqada qolgan maydonlarda qo‘shimcha agrotexnik tadbirlarni belgilash va amalga oshirishda jiddiy xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan.
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar Qashqadaryo, Samarqand va Surxondaryo viloyatlari hokimliklari bilan birgalikda ikki kun muddatda Vazirlar Mahkamasiga mazkur viloyatlarda g‘o‘za parvarishida yo‘l qo‘yilgan jiddiy xato va kamchiliklarni bartaraf etishga hamda avgust oyida muhim agrotexnik tadbirlarni amalga oshirishga qaratilgan Hukumat qarori loyihalarini kiritadi.
G‘o‘za parvarishida jiddiy xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘yganligi, mavsum davomida xotirjamlikka berilib, agrotexnik tadbirlarni belgilangan muddatda to‘g‘ri tashkil etmaganligi, o‘z xizmat vazifalariga sovuqqonlik bilan qaraganligi sababli Zarbdor (tuman hokimi N.Qo‘shboqov, tuman prokurori G‘.Sanaqulov, tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i O.Sherqulov, tuman davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i M.Saidqulov), G‘uzor (tuman hokimi O.Boymirov, tuman prokurori S.Nurmatov, tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i K.Iskandarov, tuman davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i Z.Ibragimov), Bog‘dod (tuman hokimi S.Zokirov, tuman prokurori O.Sobirov, tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i A.Sotiboldiyev, tuman davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i G‘.Yusupov), Uychi (tuman hokimi A.Turdiyev, tuman prokurori B.Abduraximov, tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i R.Usubjonov, tuman davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i R.Ataxanov) tumanlarining 4ta sektor rahbarlari egallab turgan lavozimidan ozod etilgan.
Mavzuga oid
16:56 / 13.12.2024
Andijonda hokim o‘quvchilarni armiyaga yubordi, IIB boshlig‘i “qizil toifa”ga ajratdi. Bu to‘g‘rimi? - mutaxassislar bilan suhbat
19:01 / 04.08.2021
Xatirchida fermerlar suvga zor: ayrim dalalarda g‘o‘za nobud bo‘lmoqda
14:55 / 11.01.2021
Hokimlar va futbol. «Neftchi» va «Buxoro»da ishtiyoq kuchli, «Dinamo»da murabbiy yo‘q, «Orol» alohida e'tiborda
11:34 / 05.11.2020