Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xavfli ishlab chiqarish obektlaridan foydalanuvchi tashkilot xodimlari attestatsiyadan qanday o‘tkaziladi?

Foto: depositphotos
O‘zbekiston Respublikasi Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Xavfli ishlab chiqarish obektlaridan foydalanuvchi tashkilot xodimlarini tayyorlash va attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom loyihasi e'lon qilindi.
Qayd etilishicha, tashkilotlardagi xodimlarni attestatsiyadan o‘tkazishning maqsadi - tashkilotlardagi xodimlarning kasbiga munosibligi darajasini xolisona baholash, belgilangan malaka talablariga muvofiqligini aniqlash, zimmasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish imkoniyati mavjudligini aniqlash.
Sanoat xavfsizligi sohasida faoliyat yurituvchi xodimlarni tayyorlash Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasining “Kontexnazorato‘quv” ilmiy-texnik markazi davlat unitar korxonasida yoki o‘rnatilgan tartibda litsenziyaga ega bo‘lgan maxsus tayyorlash o‘quv kurslarida amalga oshiriladi.
Sanoat xavfsizligi sohasida faoliyat yurituvchi xodimlarni tayyorlash o‘quv dasturlari va attestatsiya savollari Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi bilan o‘rnatilgan tartibda kelishilishi lozim.
Xodimlarni tayyorlash sanoat tarmoqlari bo‘yicha amalga oshiriladi. Tayyorlash o‘quv kurslari to‘liq tamomlanganidan so‘ng, xodimlar o‘quv kurslarida sinovdan o‘tkaziladi. Sinov yozma, test yoki og‘zaki ko‘rinishida o‘tkazilishi mumkin. Sinovdan o‘ta olmaganlarga bir marotaba sinovni qayta topshirishga ruxsat beriladi. Qayta sinovdan o‘ta olmaganlar o‘quv kursini takroran o‘taydilar.
Xodimlarni attestatsiyadan o‘tkazish Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasining markaziy komissiyasi (bundan keyingi o‘rinlarda SXDQ komissiyasi deb yuritiladi), Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasining mintaqaviy attestatsiya komissiyasi (bundan keyingi o‘rinlarda SXDQmi komissiyasi deb yuritiladi) va tashkilotlarda tuzilgan doimiy harakatdagi attestatsiya komissiyalari (bundan keyingi o‘rinlarda DHK komissiyasi deb yuritiladi) tomonidan birlamchi, davriy yoki navbatdan tashqari ko‘rinishlarda amalga oshiriladi.
Uzoq vaqt (bir oydan ortiq) davolanayotgan xodimlar, homiladorlik ta'tilidagi, uch yoshga to‘lgunga qadar bolani parvarishlash ta'tilidagi ayollar - ishga chiqqanlaridan so‘ng kamida ikki oydan keyin attestatsiyadan o‘tkaziladi.
Xodimlarni attestatsiyadan o‘tkazish uchun tashkilot Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasining SXDQ yoki SXDQmi komissiyalariga birlamchi, davriy yoki navbatdan tashqari ko‘rinishlarini hamda xodimlarni lavozimi, ma'lumoti, STIR va ro‘yxatini aniq ko‘rsatgan xolda ariza bilan murojaat qiladi.
Taqdim etilgan arizada kamchiliklar aniqlangan taqdirda SXDQ yoki SXDQmi komissiyalari tomonidan xodimni attestatsiyaga qo‘yishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi va ushbu qarorning nusxasi bir ish kuni muddatda tashkilotning bevosita vakiliga topshiriladi yoki pochta orqali yuboriladi.
Xodimlarni birlamchi attestatsiyadan o‘tkazish suhbat shaklida o‘tkaziladi. Attestatsiya komissiyasi a'zolari xodimga qonun hujjatlari va normativ texnik hujjatlarni bilishi bo‘yicha, shuningdek, bevosita xodimning funksiyalari va majburiyatlarini bajarishi yuzasidan savollar beradilar.
Xodimlarga qo‘shimcha ravishda qo‘yidagi savollar beriladi:
a) sanoat xavfsizligining umumiy talablari;
b) lavozim yo‘riqnomalari, texnologik reglamentlar (yo‘riqnomalar), avariyani lokalizatsiya va likvidatsiya qilish rejalari, avariyaga qarshi sistemalar va rejimlar;
v) avariyaga qarshi himoya vositalari, texnik xavfsizlik vositalarining tuzilishi va ishlatish prinsiplari;
g) qurilmalar, himoya vositalari va nazorat o‘lchov asboblarining tuzilishi, ularni harakatga keltirish va ulardan foydalanish;
d) asosiy va qo‘shimcha qurilmalarni xavfsiz ishlatish sharoitlari;
ye) himoya vositalaridan foydalanish usullari;
j) jabrlanganlarga birinchi tez yordam ko‘rsatish usullari.
Xodimlarni davriy yoki navbatdan tashqari attestatsiyadan o‘tkazish kompyuter dasturlari yordamida test yoki yozma ravishda amalga oshirilishi mumkin.
Har bir xavfli ishlab chiqarish obekti mavjud bo‘lgan tashkilotlarda xodimlarni attestatsiyadan o‘tkazish uchun DHK komissiyasi tuzilishi shart. DHK komissiyasi SXDQ yoki SXDQmi komissiyalarida attestatsiyadan o‘tishligi lozim.
Tashkilotlarning DHK komissiyasida o‘z xodimlarni attestatsiyadan o‘tkazish tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlangan jadval asosida amalga oshiriladi. Attestatsiyadan o‘tishi lozim bo‘lgan xodimlar jadval bilan tanishtirilishi lozim. Tashkilot rahbari xat bilan jadvalning bir nusxasini ilova qilgan xolda Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasiga attestatsiyadan o‘tkazish kunini belgilash maqsadida murojaat qiladi. Uch ish kuni muddatda Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi attestatsiyadan o‘tkazish kunini belgilaydi.
Xodimlarni navbatdan tashqari attestatsiyadan o‘tkazish qo‘yidagi hollarda amalga oshiriladi:
sanoat xavfsizligi sohasida normativ – huquqiy aktlar va normativ texnik hujjatlar qabul qilinganda yoki sanoat xavfsizligi hamda yer osti boyliklarini muhofaza qilish talablari o‘zgarganda;
ilgari qo‘llanilmagan yangi texnik qurilmalar yoki texnologiyalar kiritilsa;
xodim bir yildan ortiq muddatga ishdan ajralgan hollarda;
xodimlar sanoat xavfsizligi sohasida belgilangan talablar bo‘yicha yetarli darajada bilimga ega emasligi aniqlanganda Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasining vakolatli shaxsining taqdimnomasiga binoan o‘tkaziladi.
Mavzuga oid

11:37 / 05.07.2025
Sotilmagan munitsipal obektlar ijaraga beriladi

07:50 / 24.10.2024
Davlat mulki obektlarini “nol” xarid qiymati bo‘yicha realizatsiya qilish tartibi bekor etilyapti

19:23 / 31.08.2024
So‘xda bozor, Sariosiyoda kichik GES va Navoiyda sport inshootlari – bayram arafasida qanday obektlar foydalanishga topshirildi?

15:21 / 18.03.2024