Xususan, davlat köçmas mulk obektlarini sotiş tartibi töğrisidagi nizom savdolarda sotilmagan munitsipal köçmas mulk obektlarini tasarruf etiş tartibini belgilaydigan yangi bölim bilan töldirildi.
Mahalliy ijro etuvçi hokimiyat organlariga tegişli bölgan (Nukus, viloyat va tuman markazlari, şuningdek Toşkent tumanlari obektlaridan taşqari) hududi 10 ming m² dan oşmagan, baholangan qiymati BHMning 5 ming baravari miqdoridan oşmagan munitsipal köçmas mulk obektlari 6 oy davomida sotilmaganda tadbirkorlik sub’yektlariga töğridan töğri ijaraga beriladi.
Bunda ijara muddati 10 yilni, ijara tölovi stavkasi esa eng kam miqdorni taşkil etadi. Öz navbatida tadbirkorlik sub’yekti 2 yil davomida işlab çiqariş, xizmat körsatiş va servis sohalarida yangi loyihalarni işga tuşirişi va yangi iş örinlarini yaratişi kerak.











