Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: Afrikada rossiyalik jurnalistlar ruslar tayyorlagan yollanma jangchilar tomonidan o‘ldirilgan
Markaziy Afrika respublikasida o‘ldirib ketilgan rossiyalik jurnalistlar arab tilida so‘zlashuvchi turbanlar guruhi tomonidan o‘g‘irlab ketilib, o‘ldirilgan. Bu haqda yaqinidan jasadlar topilgan Sibut shahri hukumatidagi manbalarga asoslangan holda Associated Press xabar bermoqda.
TASS agentligi MAR hukumatiga asoslanib tarqatgan xabariga ko‘ra, jurnalistlar musulmon diniga e'tiqod qiluvchi jangarilar guruhi tomonidan o‘ldirilgan. «Seleka» nomli bu terroristik guruh mamlakatning amaldagi hukumatiga qarshi kurashib keladi. Manba ma'lumotiga ko‘ra, jurnalistlar 31 iyulga o‘tar kechasi Sibut shahridan 24 km masofada hujumga yo‘liqqan.
RBK nashri xabarida qayd etilishicha, jurnalistlar MAR poytaxti Bangi shahridan Bambari shahriga, BMT vakillari bilan uchrashuvga yo‘l olishgandi. Dastlabki xabarlarda, jurnalistlar talonchilik hujumi oqibatida o‘ldirilgani aytilgandi, ularning yonida qimmatbaho texnikalar va 8500 dollar miqdorida naqd pul bo‘lgan.
O‘rxon Jamol, Aleksandr Rastorguyev va Kirill Radchenko Markaziy Afrika Respublikasiga «Vagner» guruhi haqida hujjatli film olish uchun kelishgandi.
OAV ma'lumotiga ko‘ra, bu guruh vakillari bo‘lgan rossiyalik yollanma jangchilar ayni vaqtda MARda mamlakat prezidenti Fostenu-Arkanju Tuadereni qo‘riqlash maqsadida bo‘lib turibdi.
Shuningdek, Le Monde xabarida aytilishicha, ular mahalliy harbiylarni jangarilarga qarshi harbiy harakatlarga tayyorlashmoqda va poytaxt Bangi shahrida bo‘lib turadigan ko‘cha janglarida ishtirok etib kelishmoqda.
Ushbu rossiyalik instruktorlar mamlakat prezidenti tomonidan «cheklanmagan imkoniyatlar» bilan ta'minlangan.
RFI xabariga ko‘ra, 2018 yil aprelidan Rossiya vakillaridan biri Markaziy Afrika Respublikasi «maslahatchisi»ga aylangan: uni Tuaderening «o‘ng qo‘li» deb atashadi.
Mavzuga oid
15:01 / 12.09.2025
Jahon OAV AQShdan jurnalistlarga viza berishni kuchaytirmaslikni so‘rayapti
15:56 / 26.08.2025
«Tramp bexabar, Yevropa esa dahshatda» - G‘azoda Isroil armiyasi o‘ldirgan jurnalistlar haqida dunyo nima demoqda?
16:35 / 25.05.2025
AQSh hukumati Pentagondagi jurnalistlar faoliyatini chekladi
21:26 / 12.12.2024