Test natijalari yaqin daqiqalar ichida e'lon qilinadi
Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov feysbukdagi rasmiy sahifasida yaqin vaqtlar ichida kirish imtihonlarining birinchi kuni natijalari e'lon qilinishini ma'lum qildi.
Respublika oliy ta'lim muassasalariga kirish test sinovlarining birinchi kuni – 1 avgust natijalari quyidagicha:
Test sinovlari shaxsni identifikatsiyalash vositalari, videofiksatsiya hamda doimiy videokuzatuv qurilmalari bilan jihozlangan 57ta binoda 23ta oliy ta'lim muassasalarining 154ta ta'lim yo‘nalishi bo‘yicha o‘tkazildi.
Test sinovlarida 58 985 nafar abituriyent ishtirok etdi.
Test sinovlariga 1 393 nafar abituriyent kelmadi.
Test sinovlari tartib qoidalarini buzganligi sababli 255 nafar abituriyent test sinovlaridan chetlashtirildi.
Test sinovlariga guruh nazoratchilari sifatida 2 434 nafar o‘qituvchilar jalb etildi.
Davlat granti bo‘yicha eng yuqori ball: 223,5;
To‘lov-kontrakt bo‘yicha eng yuqori o‘tish balli: 176,7.
O‘rtacha ball:
davlat granti – 142,9;
to‘lov-kontrakt – 123,7.
Oliy ta'lim muassasalari bo‘yicha eng yuqori ball:
davlat granti – 223,5 ball Toshkent davlat yuridik universitetining «Yurisprudentsiya» (ruscha ta'lim yo‘nalishi);
to‘lov-kontrakt – 176,7 ball Toshkent davlat yuridik universitetining «Yurisprudentsiya» (o‘zbekcha ta'lim yo‘nalishi).
Test sinovlari natijalari Davlat test markazining dtm.uz (http://www.dtm.uz/page/test_result) saytida soat 22:00dan keyin e'lon qilinadi.
Tavsiya etamiz
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
Isroil Suriyani bombaladi. Turkiya nega sukutda?
Jahon | 12:44 / 06.05.2025
May oyida vodiyda me’yorga yaqin harorat kutiladi, mamlakatning katta qismida oy xuddi iyun kabi o‘tadi
O‘zbekiston | 11:17 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQSh davlat kotibi Pokistonga Hindiston bilan muzokaralarda yordam taklif qildi
Jahon | 08:58
-
Ukrainada 10 may kuni «xohlovchilar koalitsiyasi» uchrashuvlari o‘tkaziladi
Jahon | 08:47
-
O‘zbekiston korporativ sport assotsiatsiyasi tashkil etildi
O‘zbekiston | 08:12
-
Britaniya, Fransiya, Germaniya va Polsha rahbarlari 10 may kuni Kiyevga keladi
Jahon | 08:10
Mavzuga oid

13:15 / 26.09.2023
Kollej, texnikumlarga OTM kirish imtihonlarida to‘plagan ball bilan qabul qilinish mumkin. Muammo nimada?

11:46 / 31.07.2022
Ijodiy imtihonlar Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi bilan hamkorlikda nazorat qilinadi

11:29 / 11.08.2021
Yangi O‘zbekiston universitetiga kirish imtihonlari haqida ma'lumot berildi

14:05 / 14.05.2021