Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
1 trln dollar: Apple muvaffaqiyati nimani anglatadi?
Yigirma yilcha avval Apple kompaniyasi og‘ir vaziyatda qolgandi. 1997 yilga kelib kompaniyaning kamomadi 1,86 milliard dollarni tashkil qildi. Biroq 1985 yilda o‘z kompaniyasini tark etgan Stiv Jobs qaytganidan so‘ng vaziyat o‘zgardi. 2018 yilning 2 avgustida esa Apple bozor kapitalizatsiyasi 1 trillion dollardan oshgan ilk Amerika kompaniyasi sifatida e'tirof etildi.
Savdo-sotiq yakunlariga ko‘ra, payshanba kuni kompaniya aksiyalari 201,5 dollardan 207,39 dollarga o‘sgan. Joriy yilning o‘zida texnologik gigant aksiyalarining birja kotirovkalari 22 foizga oshdi.
Iyul oyi oxiri - avgust oyi boshida kompaniyalar an'anaviy ravishda o‘tgan chorakning moliyaviy natijalari bo‘yicha hisobot berishadi. Hisobotdan so‘ng Facebook aksiyalarining dramatik pasayishi tufayli barcha tahlilchilar boshqa texnologik kompaniyalar - FAANG (Facebook, Apple, Amazon, Netflix, Google)ga ham e'tibor qaratishdi.
Netflix kompaniyasining aksiyalari ham 16 iyulda taxminan 14 foizga pasaydi.
Alphabet Inc. (Google uning sho‘'ba korxonasi) aksiyalari bir haftada 4 foizga yaqin pasayishni namoyish qildi.
Amazon internet-riteyleri ham pasayish tendensiyasidan ortda qolmadi. Kompaniya hisoboti tahlilchilar kutganidan past chiqdi, shu bois uning aksiyalari biroz qadrini yo‘qotdi.
TelecomDaily tahlilchisi Ilya Shatilin faqat Apple kompaniyasi ko‘rsatkichlarini muvaffaqiyatli deb hisoblaydi.
Apple 2018 yilning ikkinchi choragida (AQShdagi hisobot bo‘yicha uchinchi) 53,26 milliard dollar ishlab olib, investorlar kutganidan-da yaxshi natija ko‘rsatdi. Kompaniya ma'lumotlariga ko‘ra, bu aprel-iyun davridagi eng yaxshi ko‘rsatkichdir. Daromad 11,52 milliard dollarni tashkil qildi.
Ekspertlarning ta'kidlashicha, Apple'ning muvaffaqiyati - uning mahsulotlari narxida. U o‘z narx toifasi bo‘yicha hech qanday raqibga ega emas va yaqin vaqtda bunday tendensiya saqlanib qoladi.
Amerika korporatsiyasi smartfonlar sotuvlari bo‘yicha Samsung va Huawei'dan keyingi o‘rinda turgan bo‘lsa-da, iPhone X flagmanining narxi unga daromad hajmi bo‘yicha yetakchi pozitsiyalarni saqlab qolish imkonini berdi.
Ma'lumotlarga ko‘ra, Apple'dan tashqari, Amazon va Alphabet (Google) kompaniyalari ham 1 trillion ko‘rsatkichiga yaqinlashmoqda.
Mavzuga oid
11:30 / 10.06.2026
Yangi Siri: Apple sun’iy intellekt poygasiga jiddiy qo‘shildi
18:12 / 09.06.2026
Tezkor iOS 27 va Siri chat-bot sifatida - Apple taqdimoti
22:14 / 28.05.2026
iPhone o‘g‘rilaridan himoyalanishning yangi usuli ishlab chiqilmoqda
18:27 / 08.05.2026