IIV matbuot kotibi qamoqxonaga borgan deputat haqida: «Bunday fikr bildirish noto‘g‘ri deb o‘ylayman»
O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bilan hamkorlikda “Jinoyatchilikning oldini olish hamda unga qarshi kurashishda ommaviy axborot vositalarining o‘rni: talab va tavsiyalar” mavzusida amaliy seminar o‘tkazildi.
Joriy yilning 6 oyida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan jinoyat sodir etish holatlari qariyb 13 ming 599 taga yoki 38,67 foizga, jinoyat qidiruv yo‘nalishidagi jinoyatlar esa 8 ming 568 taga yoki 38,86 foizga kamaygan.
Jumladan, qotillik 17,63 foizga yoki 49 taga, o‘rtacha og‘irlikdagi jinoyatlar 42,13 foizga yoki 5108 taga, og‘ir jinoyatlar 21,72 foizga yoki 989 taga, o‘ta og‘ir jinoyatlar 33,83 foizga yoki 458 taga, voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar 38,23 foizga yoki 224 taga, talonchilik 58,80 foizga yoki 254 taga, bosqinchilik 58,60 foizga yoki 109 taga, o‘g‘rilik 44,36 foizga yoki 2970 taga, firibgarlik 39,21 foizga yoki 1898 taga, bezorilik 50,13 foizga yoki 393 taga, avtomototransport vositalarini olib qochish 43,40 foizga yoki 46 taga, tovlamachilik 45,52 foizga yoki 66 taga, giyohvandlik 23,32 foizga yoki 443 taga kamayishiga erishildi.
- Ta'kidlash kerakki, jamoat xavfsizligini ta'minlash faqatgina IIV, balki barchaning kundalik ishiga aylanishi zarur. Albatta, bu borada ommaviy axborot vositalarining o‘rnini alohida ta'kidlab o‘tish zarur. IIV Matbuot xizmati OAV uchun barcha ma'lumotlarni taqdim etishga tayyor, - deydi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati boshlig‘i Qutbiddin Burhonov. – Shu o‘rinda OAV aynan ushbu sohani yoritish bo‘yicha alohida jurnalist ajratsa, maqsadga muvofiq bo‘lardi. Chunki o‘rganishlar shuni ko‘rsatyaptiki, ko‘p hollarda jurnalistlar voqea-hodisani to‘liq o‘rganmasdan fikr bildiryapti, yorityapti. Bu esa omma o‘rtasida tushunmovchiliklarni keltirib chiqarmoqda. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati jazoni o‘tash muassasasidagi o‘rganishdan keyin ijtimoiy tarmoqlar orqali “Jazoni o‘tash muassasalaridagi xodimlarning oylik-maoshi bu yerdagi mahbuslar soniga bog‘liq ekan”, degan fikrni bildirdi. Bunday fikr bildirish noto‘g‘ri deb o‘ylayman. Yoki Kattaqo‘rg‘ondagi voqea sabab butun tizimni yomonotliqqa chiqarish ham yaxshi emas. Chunki tinchlik uchun o‘z jonini fido qilayotgan xodimlar ham borligini esdan chiqarmasligimiz kerak.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Alisher Qodirov qamoqxonalar odamlarni qayta tarbiyalash emas, yanada radikallashtirish, jamiyatga nisbatan nafratini yanada kuchaytirish maskanlari bo‘lib qolayotgani haqida fikr bildirgandi.
Mavzuga oid
12:00 / 25.10.2024
Saylov yaqin, partiyalar nimalarni va’da qiladi? – Kun debati
17:34 / 04.09.2024
O‘ndan ortiq davlatning politsiya oliy o‘quv yurtlari rahbarlari Toshkentda yig‘ildi – foto
11:40 / 23.08.2024
Jizzaxda soqol qo‘ygan 22 yoshli fuqaro ma’muriy javobgarlikka tortildi
13:30 / 20.08.2024