O‘zbekiston | 19:15 / 03.08.2018
52929
2 daqiqa o‘qiladi

Ikkinchi kungi imtihonlar natijalari ma'lum, javoblar yaqin daqiqalarda e'lon qilinadi

Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov kirish test sinovlarining ikkinchi kuni – 2 avgust natijalari haqida ma'lumot berdi.

Respublika oliy ta'lim muassasalariga kirish test sinovlarining ikkinchi kuni – 2 avgust natijalari quyidagicha:

Test sinovlari shaxsni identifikatsiyalash vositalari, videofiksatsiya hamda doimiy videokuzatuv qurilmalari bilan jihozlangan 57 ta binoda 23 ta oliy ta'lim muassasalarining 71 ta ta'lim yo‘nalishi bo‘yicha o‘tkazildi.

Test sinovlarida 58 202 nafar abituriyent ishtirok etdi.

Test sinovlariga 2 883 nafar abituriyent kelmadi.

Test sinovlari tartib qoidalarini buzganligi sababli 157 nafar abituriyent test sinovlaridan chetlashtirildi.

Test sinovlariga guruh nazoratchilari sifatida 2 434 nafar o‘qituvchilar jalb etildi.

Davlat granti bo‘yicha eng yuqori o‘tish bali: – 197,0 ball, Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining «Filologiya va tillarni o‘qitish: o‘zbek tili» ta'lim yo‘nalishi;
to‘lov-kontrakt – 168,6 ball, Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining «Filologiya va tillarni o‘qitish: o‘zbek tili» ta'lim yo‘nalishi.

O‘rtacha o‘tish balli:
davlat granti – 135,9 ball;
to‘lov-kontrakt – 116,8 ball.

Test sinovlari natijalari Davlat test markazining dtm.uz saytida 2018 yil 3 avgust kuni soat 19.30dan e'lon qilinadi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid