Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya mudofaa vaziri NATO haqida yolg‘on ma'lumot tarqatishda ayblandi
Foto: AP Photo / DPA/ Bernd von Jutrczenka
Shvetsiya mudofaa vaziri Peter Xultkvist rossiyalik hamkasbi Sergey Shoyguni noto‘g‘ri ma'lumot tarqatganlikda ayblab, tanqid qildi. Bu haqda The Local xabar bermoqda.
«Rossiya mudofaa vaziri aytgan narsalar haqiqat emas. NATO ham Finlyandiya, ham Shvetsiya hududiy suvlari va havo hududiga cheklovsiz kirish imkoniyatiga ega emas», - deya ma'lum qildi Xultkvist. Uning ko‘rsatishicha, xorijiy kema yoki samolyotning mamlakat hududiga kirishi uchun maxsus ruxsatnoma talab qilinadi.
Shvetsiya Mudofaa vazirligi rahbarining qo‘shimcha qilishicha, bu mashqlarga ham tegishli. «Shvetsiya harbiy ittifoqdan ozod va biz o‘z qarorimizni qabul qilamiz», - deya ma'lum qildi Xultkvist.
RIA Novosti'ning yozishicha, Shoygu 24 iyul kuni Mudofaa vazirligining kollegiyasida Finlyandiya va Shvetsiyani NATO tuzilmalariga jalb qilish harakatlari borasida tashvish bildirgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, may oyida alyans mashqlarida mamlakatlarning to‘liq ishtirok etishi bo‘yicha shartnoma imzolangan.
Mavzuga oid
03:54
Tramp Putin yolg‘onchilikda ayblangan maqolani repost qildi
14:05 / 31.12.2025
RFda Putin figuralari sabab nemis haykaltaroshi ustidan sud keyinga qoldirildi
11:57 / 31.12.2025
Aksionist Pavel Krisevich ozodlikka chiqdi va Rossiyani tark etdi
11:16 / 31.12.2025