O‘zbekistonda yangi Innovatsiya markazi va davlat unitar korxonasini tashkil etish rejalashtirilmoqda
Normativ-huquqiy hujjatlar muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida o‘rmon xo‘jaligi sohasini yanada rivojlantirish va innovatsion texnologiyalarni joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.
Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi hamda Innovatsion rivojlanish vazirligining:
O‘rmon xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot instituti muassisligida davlat muassasasi shaklidagi O‘rmon xo‘jaligini rivojlantirish innovatsiya markazini;
O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi muassisligida “O‘rmoninvest” davlat unitar korxonasini tashkil etish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilishi mumkin.
Quyidagilar Innovatsiya markazining asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari etib belgilanadi:
Respublika hududining tuproq-iqlim sharoitidan kelib chiqib, o‘rmon barpo etish, o‘rmon fondini har tomonlama kengaytirish, ularni muhofaza qilish va o‘rmon boyliklaridan oqilona foydalanishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish uchun innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish hamda amaliyotga joriy etish;
manzarali, mevali va dorivor o‘simliklar plantatsiyalarini barpo etish hamda ko‘chatxonalar tashkil etishning innovatsion usullarini ishlab chiqish;
yangi o‘simlik turlarini introduktsiya qilish va mahalliy tuproq-iqlim sharoitiga moslashtirish bo‘yicha tadqiqotlar olib borish va joriy etish bo‘yicha aniq takliflar ishlab chiqish;
o‘rmon fondi yerlarida sho‘rlanishga va suvsizlikka chidamli o‘simliklarni yetishtirishning ilmiy asoslangan innovatsion texnologiyasini yaratish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlanmalarini joriy etish;
ilmiy-tadqiqot natijalarini amaliyotga tizimli joriy etishni tashkil qilish;
yangi innovatsion g‘oyalarni qo‘llab quvvatlash va amaliyotga tatbiq etish takliflarini ishlab chiqish;
noqulay iqlim sharoitiga, zararkunanda va kasalliklarga chidamli o‘rmon o‘simliklarini introduktsiya qilish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish;
noyob, manzarali, mevali va dorivor o‘simliklar turlarini jadal ko‘paytirish usullarini ishlab chiqish;
rivojlangan davlatlarning sohaga oid tajribalarini o‘rganish,
shu jumladan xorijiy mutaxassislarni va olimlarni hamkorlikda ilmiy-tadqiqotlar olib borish uchun jalb etish;
sohada faoliyat ko‘rsatayotgan ilmiy xodimlarning salohiyatini oshirish, chet ellarda muntazam malaka oshirishini tashkil etish va iqtidorli yoshlarni jalb qilish;
xalqaro ilmiy va o‘quv seminarlar hamda anjumanlar tashkil etish.
Quyidagilar “O‘rmoninvest” DUKning asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari etib belgilanadi:
o‘rmon xo‘jaliklarida ishlab chiqarish (mahsulotlar, xizmatlar) sifatini yaxshilash uchun xorijiy va mahalliy investorlarni jalb qilish
va eksport potensialini oshirish;
ishlab chiqarilayotgan mahsulot va xizmatlarni imidjini oshirish
va xizmatlar brendini yaratish va jahon bozorida raqobatbardoshligini ta'minlash;
o‘rmon resurslaridan samarali foydalanish va ularni boshqarish bo‘yicha loyihalarni ishlab chiqish, amalga oshirish va boshqarish;
sayyohlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida investorlarni ekoturizm, ov turizmi va o‘rmon xo‘jaligi rekreatsiya zonalarini rivojlantirish uchun jalb qilish;
qo‘shma korxonalar, savdo uylari, reklama agentliklari, shu jumladan chet elda ishlab chiqarishni tashkil etish;
yuqori likvidli va raqobatbardosh mahsulot va xizmatlar ishlab chiqarish uchun tuzilmaviy qo‘shma korxonalar uchun zamonaviy korporativ boshqaruv usullarini qo‘llash;
ishlab chiqarilgan va sotilgan mahsulot (tovarlar) va ko‘rsatiladigan xizmatlarni realizatsiya qilish uchun marketing tadqiqotlarini o‘tkazish
va iste'mol bozorini o‘rganish, shu jumladan eksport qilish strategiyasini amalga oshirish;
o‘rmon xo‘jaligida innovatsion texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
mahsulotlar (tovarlar) va xizmatlar uchun ichki tizim narxlarining monitoringi va ularning raqobatbardoshligi bo‘yicha takliflar tayyorlash;
taqdimot va konsepsiyalarni tayyorlash, o‘tkazish, potensial investorlar bilan uchrashuvlarni tashkil etish, xalqaro fondlar va banklardan investitsiyalarni jalb qilish, loyihalarni qo‘llab-quvvatlash uchun kreditlar
va grantlar berish bo‘yicha muzokaralar olib borish.
Mavzuga oid
17:04 / 01.08.2022
Ikki yil ichida 1082 gektar maydonda yangidan «yashil jamoat parklari» barpo etiladi
08:44 / 06.06.2022
Parrandachilikni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimi o‘zgaradi
12:31 / 13.04.2022
Surxondaryoda o‘rmon xo‘jaligiga tegishli yerni sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
09:01 / 08.04.2022