Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShga iltimos bilan chiqqani oshkor bo‘lgan Rossiya yana Qo‘shma Shtatlarni aybladi
Rossiya Mudofaa vazirligi Bosh shtab rahbari Valeriy Gerasimov amerikalik hamkasbi Jozef Danfordga maxfiy kanal orqali maktub yuborgani haqidagi ma'lumotni tasdiqladi. Bu haqda «Interfaks» xabar berdi.
«Amerika tomonining o‘zaro aloqalar mazmunini faqat ikkala tomon kelishuviga ko‘ra ochiqlash haqidagi kelishuvga rioya qilmasligi afsuslarga sabab bo‘lmoqda», - deyiladi RF Mudofaa vazirligi xabarida.
U yerdan aniqlik kiritishlaricha, xatda Suriyadagi qochqinlar muammosi, gumanitar minasizlantirish, terrorchilar tomonidan qochqinlarni o‘z safiga jalb qilish urinishlarini yo‘qqa chiqarish bo‘yicha takliflar bo‘lgan.
«Biz kelgusida Amerika tomoni o‘zaro kelishuvlarning buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun zarur choralarni ko‘radi, deb umid qilamiz», - deya xulosa qilingan mudofaa mahkamasidan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyaning Suriya bo‘yicha AQShga yashirin iltimosi ma'lum bo‘lgandi.
Mavzuga oid
08:50
Janubiy Koreya va AQShga noqonuniy migratsiya tashkil etmoqchi bo‘lganlar ushlandi
22:16 / 10.07.2026
Tramp o‘zi o‘ldirilgan taqdirda Eronni «bombalab tashlashni» buyurdi
20:34 / 10.07.2026
Rossiya gazining O‘zbekistonga yetkazib berish hajmi oshishi kutilmoqda
11:50 / 10.07.2026