Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda o‘rin almashib kirmoqchi bo‘lgan 100 nafar abituriyent bir kunda qo‘lga tushdi
2 avgust kuni tashkil etilgan test sinovlarida tartib qoidalarni buzganligi sababli 157 nafar abituriyent test sinovlaridan chetlashtirilgan. Kun.uz muxbirining xabar berishicha, 58 202 nafar talabgor test sinovlarda ishtirok etgan shu kunda 195 nafar abituriyent boshqa shaxsning o‘rniga kirishga harakat qilgan, shulardan 101 nafari Qashqadaryo viloyatida qo‘lga tushgan. Vaholanki, shu kuni Toshkent shahrida o‘rin almashib kirmoqchi bo‘lgan abituriyentlar 8 nafarni tashkil etgandi.

Test sinovlariga kirishda ilk marta foydalanilayotgan inson yuzini avtomatik tanib oluvchi qurilma soxta abituriyentlarni binoga kirishda aniqlaydi. Masalan, abituriyent qabul komissiyasiga hujjat topshirish davomida suratga tushirilgan yoxud surat taqdim etgan. Ana shu suratlar asosida yuzni tanib avtomatik tanib oluvchi qurilma test sinovlariga kelgan har bitta shaxsni xotirasiga kiritilgan suratlar bilan taqqoslamoqda. Shaffof test sinovlarini o‘tkazish va bino ichida har qanday noqonuniy holatlarga chek qo‘yish maqsadida katta sig‘imli xonalarda joylar tashkil etilgan. Bino esa kuzatuv kameralar bilan jihozlangan.


O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Kun.uz'ga ma'lum qilishicha, respublika bo‘ylab 14 mingdan ziyod kuzatuv kameralari bino ichidagi jarayonlarni muntazam yozib olmoqda hamda ushbu videoyozuvlar markazlashtirilgan serverda saqlanmoqda. Shuningdek, katta sig‘imli xona ichida sinov o‘tkazilayotgan paytda maxsus kameralar orqali mas'ul shaxslar noqonuniy xatti-harakat qilishga uringan abituriyentlarni qo‘lga tushirmoqda.


Mavzuga oid
17:32 / 10.07.2026
Kun.uz surishtiruvidan so‘ng: Qashqadaryoda eshak go‘shti savdogari ozodlikdan mahrum qilindi
14:58 / 08.07.2026
Qashqadaryoda harakatdagi mashina gaz balloni portlashi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi
09:31 / 13.06.2026
Ishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan “soxta prokuror“ ushlandi
17:18 / 08.06.2026