Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ispaniyada 3000 yilga qamalgan terrorchi ozodlikka chiqdi
Ispaniya sudi tomonidan qariyb 3 ming yilga ozodlikdan mahrum qilingan ETA tashkilotining jangarisi Santi Potros ozodlikka chiqdi, deb xabar berdi Life. U 5 avgust kuni ertalab Topas qamoqxonasini tark etgan.
Potros qamoqxonada jami 31 yil o‘tirgan. U 40ta terrorchilik harakatiga, jumladan 1987 yilda Barselonadagi supermarketda amalga oshirilgan portlashga aloqador hisoblanadi. O‘shanda 21 kishi halok bo‘lgandi.
U o‘sha yili qurol va portlovchi moddalar saqlagani uchun ozodlikdan mahrum qilingan. 2000 yilda u Ispaniyaga ekstraditsiya qilingan va 11ta jinoyati uchun qariyb 3 ming yilga qamalgan.
Inson huquqlari bo‘yicha Yevropa sudining Parot doktrinasini (muddatidan oldin ozodlikdan chiqish huquqini bermaslik) bekor qilish to‘g‘risidagi qaroriga binoan Potros 2014 yilda ozodlikka chiqarilgan, ammo 2015 yilda yana hibsga olingandi.
Mavzuga oid
09:01 / 25.05.2026
Ispaniyada uy-joy inqirozi: ijarachilar ko‘chalarga chiqdi
00:04 / 20.05.2026
Ispaniyada Mango do‘konlari asoschisining o‘g‘li otasini o‘ldirishda gumon qilinib ushlandi
08:04 / 13.05.2026
Inqirozdan dunyo brendiga: Bilbao shahrining qayta tug‘ilishi
21:51 / 11.05.2026