Internet uyquni qochirishi aniqlandi
Olimlar internet va uyqu davomiyligi o‘rtasida bog‘liqlik borligini aniqlashdi. Milandagi Bokkoni Universiteti va Pittsburg universiteti tadqiqotchilari Internet tarmoqlariga kirish uyqu vaqtini qisqartirishini aniqlashdi. Natijalar Journal of Economic Behavior and Organization jurnalida chop etildi.
Tadqiqot natijalariga ko‘ra, kechqurun tarmoqqa kirishni xush ko‘ruvchilar belgilangan vaqtdan 25 daqiqa kamroq uxlashar ekan. Ularda uyqusizlik rivojlanadi, kunduzi ular o‘zlarini charchagan va asabiy his qilishadi. Internetning uyquga ta'siri ayniqsa 18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan odamlar orasida yaqqol aks etgan.
So‘rovnomada germaniyalik 5,5 ming nafar ko‘ngilli qatnashgan. Ishtirokchilar uch kun davomida har 10 daqiqada o‘z xatti-harakatlarini yozib borishgan.
Mavzuga oid
17:32 / 18.11.2024
Olimlar uyqu sifatini oshiruvchi formulani taklif qildi
15:12 / 16.11.2024
Uyqu to‘g‘ri qaror qabul qilishga yordam beradi - tadqiqot
22:44 / 25.09.2024
Olimlar tezkor uyquni yaxshilaydigan asosiy retseptorni aniqladi
22:03 / 15.09.2024