Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida prezidentning “Fuqarolarning davlat pensiya ta'minoti tizimini yanada takomillaştiriş çoralari töğrisida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.
Hujjatda ta'kidlanişiça, tahlillar fuqarolarning uzoq vaqt va uzluksiz ijtimoiy suğurta sohasida iştirok etişini rağbatlantiriş mexanizmlarida tizimli muammolar borligini körsatmoqda.
Pensiya ta'minoti tizimining barça uçun tenglaştirilganligi va birxillaştirilganligi oqibatida aholining mehnatga layoqatli qismining köpçiligi davlat ijtimoiy suğurtalaş tizimi bilan qamrab olinmagan.
Tahlillar şuni körsatmoqdaki, örta va uzoq muddatli kelajakda pensiya tizimining balansini ta'minlaşga quyidagi omillar salbiy ta'sir etişi mumkin:
birinçidan, suğurta tölovçilar darajasining pensiya oluvçilarga nisbatan keskin kamligi pensiya ta'minoti tizimini stabillik mezoniga ta'sir etadi. Buning oqibatida mehnatga layoqatli aholining 60 foizdan köproği ijtimoiy suğurtalaş tizimi bilan qamrab olinmagan, bu esa xalqaro standartlarga köra nostabil pensiya tizimi deb baholanadi;
ikkinçidan, rağbatlantiriş va şaffof mexanizmlarning yöqligi natijasida pensiya miqdori va tölanayotgan ijtimoiy suğurtalar örtasidagi boğliqlikning kuçsizlanişiga olib keldi, buning oqibatida esa oxirgi yillarda töliqsiz iş staji bilan tayinlangan pensiyalar soni 10 barobarga ortdi;
uçinçidan, respublika aholisi örtasida pensiya yoşidagilar uluşi ortib borayotganligi kuzatilmoqda, oxirgi davrlarda bir yilda yoşga doir tayinlangan pensiyalar soni 200 mingtadan ortdi, bu esa 2011 yildagi körsatkiçga nisbatan 2,5 marotaba yuqoridir;
törtinçidan, sobiq ittifoq davrida belgilangan pensiyaga çiqiş huquqini beruvçi yoş, jamiyatdagi stabillik va uzoq umr köriş yoşini ortişi natijasida boşqa davlatlarga nisbatan eng past bölib qolmoqda.
Hujjat bilan quyidagilarni nazarda tutuvçi fuqarolarning davlat pensiya ta'minoti tizimini isloh etiş konsepsiyasi ma'qullanişi mumkin:
birinçidan, quyidagi yöllar bilan fuqarolarning ijtimoiy suğurtalaş tizimida iştirok etişini rağbatlantiriş mexanizmlarini tatbiq etiş:
örtaça oylik iş haqining miqdorini oşiriş, pensiya tayinlaş uçun eng kam iş haqining 8 barobaridan 10 barobarigaça oşiriş, bu tartibni avval tayinlangan pensiyalarga ham tatbiq etişni közda tutiş;
erkaklar uçun 35 yil, ayollar uçun 30 yil mehnat stajidan keyin işlagan har bir yili uçun eng kam iş haqining 10% miqdorida pensiyalariga ustamalar tölaş orqali ularning pensiyalari miqdorlarini oşiriş;
54 yoşidan pensiyaga çiqiş huquqi bölgan ayollar umumiy belgilangan yoşda pensiya rasmiylaştirgan taqdirda ularning pensiyalariga eng kam iş haqining 10% miqdorida ustama belgilaşni joriy etiş;
ikkinçidan, ijtimoiy adolatni ta'minlaş maqsadida barça işlayotgan pensionerlarga pensiya tölovlarini töliq oliş huquqini beriş;
zarur mehnat stajiga ega bölmagan keksalar va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga tölanayotgan nafaqa singari, III guruh nogironlari uçun ham nafaqa tayinlaş mexanizmini joriy etiş;
keksalar uyi (pansionat)da yaşovçi yolğiz pensionerlar tayinlangan pensiya miqdorining 50% tölaş huquqini belgilaş;
uçinçidan, pensiya ta'minoti tizimini, şu jumladan jamğarib boriladigan pensiya ta'minoti tizimida ixtiyoriy iştirok etiş tadbirlarini rağbatlantiriş;
zarur mehnat stajiga ega bölmagan fuqarolarga davlat pensiyalarini hisoblaşda stajning har bir yetişmayotgan oyi uçun Pensiya jamğarmasiga suğurta badallari summasini bir martalik tartibda tölaş huquqini beriş;
işlovçi er (xotin)ning mehnatga haq tölaş körinişidagi daromadlari hisobidan işlamayotgan oila a'zolari uçun ixtiyoriy ravişda har bir oy uçun eng kam oylik iş haqi miqdorida suğurta badallari tölaş huquqini beriş;
jismoniy şaxslarning jamğarib boriladigan hisob raqamlariga ötkazib boriladigan mablağlar hisobidan jozibador oraliq bonusli pullik tölovlar sxemalarini qöllaş;
törtinçidan, zamonaviy va xalqaro talablarga javob beradigan pensiya ta'minoti tizimi şakllantiriş, bunda:
pensiya tayinlaş uçun talab etiladigan minimal staj davomiyligini har yili 2020 yildan boşlab bir yildan oşirib, talab etilgan eng kam iş stajini 10 yilga yetkaziş;
xalqaro hamda MDH mamlakatlari tajribasini çuqur örgangan holda bosqiçma-bosqiç pensiya yoşini oşiriş.












