Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Asli o‘zbekistonlik Timur Gareyev AQShning shaxmat bo‘yicha ochiq chempionati g‘olibi bo‘ldi
Foto: AQSh Shaxmat federatsiyasi
28 iyuldan 5 avgustga qadar Medison (Viskonsin shtati)da o‘tgan AQShning shaxmat bo‘yicha ochiq chempionatida asli o‘zbekistonlik bo‘lgan Timur Gareyev g‘alaba qozondi. Bu haqida AQSh Shaxmat federatsiyasi ma'lum qildi.
To‘qqiz raund yakunlariga ko‘ra, Gareyev faqat birgina mag‘lubiyat qayd etib, 8 ochkoni qo‘lga kiritgan. Uning besh nafar raqibi esa 7,5 ochkodan to‘plashgan.
Timur Gareyev Toshkentda tug‘ilgan, ko‘plab xalqaro turnirlarda g‘alaba qozongan va ikki shaxmat olimpiadasi (2004 va 2006 yillar.)da O‘zbekiston sharafini himoya qilgan. Keyinchalik sportchi AQShga ko‘chib o‘tgan.
2016 yilda Gareyev bir vaqtning o‘zida 48 shaxmat taxtasida o‘ynab, ochkolarning 80 foizini qo‘lga kiritgan holda jahon rekordini qayd etgan (35 g‘alaba, 7 durang va 6 mag‘lubiyat). Undan avvalgi rekord bir vaqtning o‘zida 46 shaxmat taxtasida o‘yin o‘tkazgan Mark Langga tegishli bo‘lgan.
Mavzuga oid
08:49
Isroil vazirining videosi YI va AQSh tanqidiga uchradi
22:52 / 20.05.2026
AQSh Raul Kastroga sirtdan jinoiy ayblov e’lon qildi
20:14 / 20.05.2026
AQSh va Isroil Eronda sobiq prezident Ahmadinajodni hokimiyatga olib kelmoqchi edi – OAV
18:15 / 20.05.2026