«Buyuk kelajak» mutaxassisi vazir o‘rinbosari etib tayinlandi

Foto: dvfu.ru
Materialshunoslik va innovatsiyalarni boshqarish sohasida mutaxassis sanalgan «Buyuk kelajak» XNNT a'zosi Yo‘lbarsxon Mansurov O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vaziriga yangi o‘rinbosar etib tayinlandi. Bu haqda «Buyuk kelajak» XNNT rasmiy vakili Kun.uz'ga ma'lum qildi.
Rossiya Fanlar akademiyasida faoliyat olib borgan Mansurov o‘tgan davr mobaynida Scopus i Web of Science kabi mashhur tahririyatlar bilan ijodiy hamkorlik qilib kelgan. U oliygohlarda innovatsion texnologiyalar faoliyatini tashkil etish bo‘yicha monografiya muallifi, shuningdek texnologiyalar transferi va tijoratlashtirish bo‘yicha ekspert hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avval Innovatsion rivojlanish vaziri o‘rinbosari lavozimida ishlagan Otabek Nazirov Xalq ta'limi vaziriga o‘rinbosar etib tayinlangandi. Bundan tashqari, vazir o‘rinbosari lavozimida ishlagan Sherzod Shermatov ham Xalq ta'limi vazirligiga o‘tkazilgan bo‘lib, u vazirlik rahbari sifatida faoliyatini davom ettirmoqda.
Vazirning birinchi o‘rinbosari bo‘lib ishlagan Baxtiyor Umarov ayni paytda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi sifatida faoliyatini davom ettirmoqda.
Tavsiya etamiz
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
Mafkuralar kurashi: 9 may aslida qanday kun?
O‘zbekiston | 14:22 / 09.05.2025
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Britaniya razvedkasiga ilk bor ayol kishi rahbarlik qiladi
Jahon | 01:39
-
Shimoliy dengiz sohillaridan ulkan kitning jasadi topildi
Fan-texnika | 00:38
-
«Payshanba kuni Turkiyada kutaman». Zelenskiy Putinni shaxsan uchrashishga taklif qildi
Jahon | 22:43 / 11.05.2025
-
Rossiyada ma’muriy javobgarlikka tortilgan relokantlar mulkini musodara qilish boshlanadi
Jahon | 22:17 / 11.05.2025
Mavzuga oid

12:27 / 24.11.2022
“Ziyoli qatlam ustidagi tajribalarda ehtiyotkorlik lozim”. Mutaxassislar – doktorantura qabulidagi beqarorlik haqida

10:54 / 17.11.2022
Doktoranturadagi alg‘ov-dalg‘ov: imtihon natijalari bekor qilinishi ortida moddiy manfaat yotibdi(mi?)

17:10 / 01.05.2022
Ibrohim Abdurahmonov oliy ta’lim mussasalaridagi yangi prorektorlik lavozimi qanday natija keltirayotgani haqida gapirdi

13:55 / 25.07.2021