O‘zbekiston | 20:10 / 07.08.2018
4949
3 daqiqa o‘qiladi

Milliy bank Samarqand shahri bosh rejasi konsepsiyasi uchun xitoylik yetakchi loyihachilarni jalb qiladi

Foto: Milliy bank

7 avgust kuni Pekinda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki va Xitoydagi yetakchi loyihachi kompaniyalardan biri bo‘lmish «China Construction Engineering Design Group Corporation Ltd» arxitektura va dizayn kompaniyasi o‘rtasida Samarqand shahrining bosh rejasi konsepsiyasini ishlab chiqish va «Samarkand city» turistik zonasi hamda ShHT-2022 sammiti munosabati bilan quriladigan obektlarni nazarda tutadigan shaharsozlik makoni tashkil etish bo‘yicha shartnoma imzolandi.

Kelishuvga ko‘ra ushbu ishga bosh rejachi, tajribali shaharsoz, professor Sun Syaolun rahbarligidagi loyihachilar guruhi jalb etiladi.

Ushbu tadbirlar O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Samarqand shahri mezbonlik qiladigan 2022 yilgi Shanxay hamkorlik tashkiloti yig‘ilishiga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha qarori ijrosi yuzasidan amalga oshiriladi.

Shu yilning iyunida Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki Pekinda «Xitoy Ipak yo‘li» fondi bilan «Samarkand City» turistik zonasi qurilishi loyihasi bo‘yicha anglashinuv memorandumini imzolagandi. Mazkur loyiha Samarqand shahrining mashhur tarixiy va madaniy markaz sifatidagi turistik salohiyatini oshirish va «XXI asr Ipak yo‘li durdonasi» yaratilishini o‘z ichiga oladi.

China Construction Engineering Design Group Corp. Ltd. – Xitoyning yetakchi loyihachi kompaniyasi bo‘lib, 2017 yil yakunlariga ko‘ra 1,58 mlrd. dollar ishlab, mamlakatdagi loyihachi tashkilotlar o‘rtasida ikkinchi bo‘lgan.. Ta'sischisi – China State Construction Engineering Corp. Ltd. (CSCECL), dunyodagi yirik qurilish korporatsiyasi hisoblanadi, Forbes baholariga ko‘ra, bu korporatsiya Global 2000 reytingida 84-o‘rinni egallaydi, 2018 yil iyun oyi holatiga ko‘ra uning bozor qiymati 40,4 mlrd. dollarni tashkil etadi., daromadlari – 162,3 mlrd. dollar, aktivlari – 257,6 mlrd. dollar, foydasi - 5,1 mlrd. dollar, xodimlari soni  – 270,5 ming nafarga teng.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid