Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Silk road vizasiga qo‘shni mamlakatlar ham qiziqish bildirmoqda - Turizm qo‘mitasi
«Buyuk Ipak yo‘li» bo‘yida joylashgan davlatlar, xususan Markaziy Osiyo mamlakatlarining bir nechtasiga tashrif buyurish huquqini beruvchi Silk road viza rejimi qo‘shni davlatlarni ham qiziqtirmoqda. Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi rasmiy vakili Kun.uz'ga ma'lum qildi.
«Bu suhbat Qozog‘iston bilan boshlangan bo‘lsa-da, boshqa qo‘shni davlatlar ham unga qiziqish bildirmoqda. Ammo, ular bilan muzokaralarni boshlashdan avval, o‘zimiz ichki tashkilot va idoralar o‘rtasidagi kelishuvni yakunlashimiz, yo‘l xaritasiga ega bo‘lishimiz zarur.
Shundan keyin, qo‘shnilar bilan, ya'ni Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston kabi davlat hukumatlari bilan muzokaralarni boshlash maqsadga muvofiq», deydi qo‘mita Xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari.
4 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev imzolagan hujjatga ko‘ra, mazkur kelishuvlar shu yilning oktabr oyiga qadar yakunlanishi belgilangan.
Senat qo‘mita raisining ta'kidlashicha, bu, aslida, katta jarayonning boshlang‘ich bosqichi.
«Yana bu ishning texnik va texnologik jihatlari bor. Yevropa Ittifoqi ham bir kunda tuzilmagan, sinxronizatsiya masalalari ham mavjud», deydi u.
Eslatib o‘tamiz, shu yilning iyun oyida Qozog‘iston Senati Xalqaro munosabatlar, mudofaa va xavfsizlik qo‘mitasi raisi Darig‘a Nazarboyeva Osiyo «shengeni»ni yo‘lga qo‘yishni taklif qilgandi. Qozog‘istonlik senatorlar Sariyog‘ochda O‘zbekiston Oliy Majlis Senatining xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, chet el investitsiyalari va turizm masalalari qo‘mitasi deputatlari bilan uchrashib, unda Darig‘a Nazarboyeva O‘zbekiston va Qozog‘istonda turizmning rivojlanishi haqida so‘z yuritgan.
Mavzuga oid
11:00 / 12.06.2026
O‘zbekistonda har yili “Ochiq turizm mavsumi” dasturi o‘tkaziladi
18:31 / 09.06.2026
AQSh sayyohlik va biznes vizalari uchun tezkor suhbat bo‘yicha pullik xizmatni yo‘lga qo‘yadi
22:50 / 03.06.2026
80 ming aholiga mo‘ljallangan dunyodagi birinchi suzuvchi shahar loyihasi qayta tiklandi
20:26 / 29.05.2026