Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp ma'muriyati grin-karta olish jarayonini murakkablashtirmoqchi
AQSh prezidenti Donald Tramp ma'muriyati legal muhojirlarga Amerika fuqaroligi va grin-karta olish jarayonini murakkablashtiruvchi taklifni kiritishi kutilmoqda. Bu haqda NBC News telekanali xabar berdi.
Hukumat rejasi bilan tanish to‘rt anonim manba Tramp ma'muriyati legal muhojirlarga AQSh fuqaroligini yoki grin-karta olish imkoniyatini qiyinlashtirishni rejalashtirayotganini xabar qildi.
NBC bu AQShda har yili huquqiy maqomga ega bo‘layotgan muhojirlar sonini qisqartirishni istayotgan Oq uy katta maslahatchisi Stiven Miller rejasining bir qismi ekanligini ta'kidlamoqda. Qayd etilishicha, ayrim takliflar Oq uyning byudjyet va ma'muriy masalalar bo‘yicha boshqarmasiga yuborilgan.
Takliflarga ko‘ra, qachondir ijtimoiy sug‘urta, bolalar tibbiy sug‘urtasi, oziq-ovqat talonlari va boshqa imtiyozlardan foydalangan AQShda qonuniy asoslarda yashayotgan muhojirlar va ularning oilalariga AQShda yashash uchun huquqiy maqom olishda to‘siqlar bo‘lishi mumkin.
Mavzuga oid
13:42 / 10.03.2026
Eronga AQSh maxsus kuchlari yuborilishi haqidagi xabarlar inkor etildi
12:07 / 23.02.2026
Trampning qarorgohi yonida otib o‘ldirilgan shaxs 21 yoshli rassom bo‘lgan
10:29 / 12.08.2020
Tramp dunyodagi bosh muammoni ma'lum qildi
07:30 / 11.08.2020