Jahon | 21:21 / 08.08.2018
10099
2 daqiqa o‘qiladi

Shimoliy Koreyadan AQShni aldaganlikda gumon qilishmoqda

Shimoliy Koreya qit'alararo ballistik raketalar uchirilgan Soxe poligonini buzmoqda, ammo yadroviy obektlarga tegmayapti. Bu haqda South China Morning Post yozmoqda.

KXDRdagi yadroviy faollikni kuzatib boruvchi 38North guruhining qayd etishicha, Soxe poligonida vertikal sinov stendining po‘lat konstruksiyasi yig‘ishtirib olingan, yoqilg‘i baklari olib tashlangan. Uchish maydonchasidagi devorlar ham buzilmoqda.

Janubiy Koreyadagi Yonse universitetining bildirishicha, aynan qit'alararo ballistik raketalar bilan bog‘liq obektlar AQSh uchun birinchi o‘rindagi xavf sanaladi, ular yadroviy kallakni Amerikagacha yetkaza oladi. Shu bois Soxe poligonining buzilishi muhim qadam hisoblanadi.

Shu bilan birgalikda ekspertlar KXDR AQSh bilan muzokaralarda mamlakat mavqei balandroq turishi uchun yadroviy qurollarini saqlab qolishi mumkin degan fikrni bildirishmoqda. Buni iyun oyida Yonbyondagi yadroviy ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan olingan suratlar qisman tasdiqlaydi. Qayd etilishicha, obektda yangi bino qurilgan va 5 megavatt quvvatga ega elektr plutoniy reaktori uchun sovutgich modifikatsiya qilingan.

Iyul oyi oxirida Shimoliy Koreya Soxe poligonini buzishni boshlagani xabar qilingandi. May oyida Pxenyan Pungeri yadro poligoni yopilganini e'lon qildi. Shu bilan birga Amerika razvedkasi maydoncha foydalanish uchun yaroqli holda qolayotganini bildirdi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid