21:20 / 09.08.2018
7082

«Barselona» Mina va Gomeshning «Everton»ga transferini tasdiqladi

«Barselona» himoyachisi Yyerri Mina va yarimhimoyachisi Andre Gomesh faoliyatini Angliya chempionatida davom ettiradi. Kataloniyaliklar klubi rasmiy saytida ushbu futbolchilarning «Everton»ga transferi haqida e'lon qilingan.

Futbolchilar Kataloniyadagi klinikalardan birida tibbiy ko‘rikdan o‘tib bo‘lishgan. Yaqin vaqt ichida «Everton» ushbu transferlar haqida rasmiy e'lon qilishi kutilmoqda.

«Barselona» 23 yoshli kolumbiyalik futbolchisi yuzasidan «MYu»dan taklif bo‘lishini imkon qadar oxirigacha kutgan, biroq manchesterliklardan darak bo‘lmagan.

Endi klub Mina transferi uchun 30,25 million yevro ishlab oladi. Shuningdek, 1,5 million yevro miqdoridagi bonuslar ko‘zda tutilgan.

Gomesh esa «Everton»ga bir yilga ijaraga berilgan.

Eslatib o‘tamiz, ushbu transferlar oynasida «Barsa»dan Lyuka Din 20 million yevro evaziga «Everton» klubi safiga o‘tdi.

Mavzuga oid
Top