Jahon | 22:28 / 09.08.2018
22686
1 daqiqa o‘qiladi

Livanda politsiyachi qizlar shortikda yuradigan bo‘ldi

Livanning Brummana orolida mahalliy mer Per Ashkarning tashabbusi bilan politsiyachi qizlarga ochiq liboslarda: kalta qora shortik, yopishib turadigan futbolka va qizil beretkada yurish joriy etildi, deb yozadi pikabu.ru.

Shahar rahbarining fikricha, bu sayyohlar oqimini oshirishga va G‘arb oldida davlatning imijini yaxshilashga xizmat qiladi.

Mahalliy aholi bu tashabbusni o‘ta tanqidiy qabul qilmoqda. Odamlarning fikricha, aholisining asosiy qismi islom diniga e'tiqod qiladigan mamlakatda ayollarning bunday kiyimda yurishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid