Sport | 19:48 / 10.08.2018
26963
2 daqiqa o‘qiladi

PFL ultimatum qo‘ydi - «Paxtakor», «Qo‘qon-1912» va yana to‘rtta klub Superligadan chetlatilishi mumkin

Foto: Tribuna.Uz

Professional futbol ligasi zimmasidagi qarzlardan qutula olmayotgan Superliga klublarini ogohlantirdi.

PFL xabariga ko‘ra, ayni vaqtda «So‘g‘diyona», «Qo‘qon-1912», «Bunyodkor», «Navbahor», «Paxtakor» va «Buxoro» klublarida turli xil qarzlar mavjud.

Bu holat 14 avgust — seshanba kuni soat 15:00ga qadar bartaraf etilmasa, jamoalardan 3 ochko olib tashlanadi. 22-turdan keyin esa ularni Superliga o‘yinlaridan olish yoki 6 ochkodan mahrum qilish masalasi ko‘rib chiqilishi mumkin. 

Avvalroq, PFL qarzlari mavjudligi tufayli, Pro-liganing 2ta klubi - «Yozyovon» va «Norin» jamoalariga texnik mag‘lubiyat yozgan edi. E'tibor bering, ulardan ochko olib tashlanmadi, balki texnik mag‘lubiyat yozilib, raqiblariga uch ochko olib berildi. 

Endi esa PFL Superliga klublariga texnik mag‘lubiyat bilan emas, balki uch ochko olib tashlanishi bilan tahdid qilmoqda.

PFL tomonidan o‘zbek futboli klublariga qilinayotgan bunday ikki xil munosabatni qanday tushunish mumkin?

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid