Xey-on-Uay – dunyoga mashhur kitoblar shahri
Xey-on-Uay (ingl. Hay-on-We) – Buyuk Britaniyadagi kitoblar shahri (kichik bozor-shaharcha) sifatida mashhur. Mittigina shahar Angliya va Uels chegarasida, Uay daryosining sharqiy qirg‘og‘ida joylashgan. Aholisi 1900 kishidan iborat.
Bibliofil Richard Jorj Uilyam Pitt But 1961 yilda ilk kitob peshtaxtasini ochdi. U yerda yangi bo‘lmagan kitoblarni sotardi. Bu kitoblarni unga qarindoshlari yuborishardi.
G‘oya vaqt o‘tishi bilan shu darajada keng tus oldiki, kitob javonlari butun shaharni to‘ldirdi. Barcha o‘z kitob do‘konlarini ochishni boshladi. Bugun Xey-on-uay sayyohlar uchun eng badiiy shaharga aylandi. Bu yerga har yili 500 mingga yaqin sayyoh tashrif buyuradi.
1988 yildan boshlab,”The Guardian” gazetasi bugungi kunga qadar o‘tkazib kelinadigan “Hay” adabiy festivalining homiysiga aylandi.
Shahar bo‘ylab sayr qilinsa, 40 taga yaqin do‘konlarni topish mumkin. U yerda butun dunyodan keltirilgan noyob kitoblar sotiladi. Shahar o‘zining qadimiy ko‘rinishi va ruhiyatini saqlab qolgan.