11:58 / 11.08.2018
13592

Jurnalist Yo‘ldosh Muqimov vafot etdi

Yozuvchi va jurnalist Yo‘ldosh Muqimov 2018 yil 10 avgust kuni 96 yoshda vafot etdi.

Yo‘ldosh Muqimov «Navro‘z naqli», «Yo‘l uzoq, manzil yaqin», «Mening aziz yurtdoshlarim», «Otalar so‘zi» singari o‘nlab o‘zbek va rus tilidagi asarlar,  shuningdek, o‘nlab ajoyib ocherklar,  yuzlab tahliliy-publistik maqolalar muallifi edi.

Yigirma olti yil davomida «Pravda» gazetasining O‘zbekistondagi maxsus muxbiri vazifasida ishlagan. O‘zbekistonda jurnalistika va adabiyot rivojiga munosib hissa qo‘shgan adib edi.

Kun.uz tahririyati marhumning yaqinlari va oila a'zolariga chuqur hamdardlik bildiradi.

Top