Mayk Braun yoqtirmagan işini taşlab, qahvaxona oçdi. Biznes yurmadi, uyini sotib, oyisinikiga köçib ötişiga töğri keldi. Öşanda unda «dunyodagi eng aççiq qahva»ni tayyorlaş fikri paydo böldi. Bugun uning brendi Walmart’da sotilmoqda. Foyda esa har yili ikki barobarga ortyapti.

Foto: THE BUSINESS PREVIEW

Ma'lumotlar:

Sayt: deathwishcoffee.com

Start vaqti: 2012 yil

Biznesning bugungi holati: 2017 yildagi mahsulot aylanmasi 20 mln dollar

Xodimlar soni: 40 nafar

Asosçilarning karera boşidagi yoşi: 28 yoş

Asosçilarning avvalgi faoliyati: hisobçi.

Imkoniyat

Foto: THE BUSINESS PREVIEW

Qahva – amerikaliklarning sevimli içimligidir. AQŞ qahva bozori 12 mlrd. dollarga baholanadi. Işqibozlarning örtaça 20 foizi kuniga uç-tört finjon qahva içadi.

AQŞda qahvani uyga yetkazib beradigan 73 kompaniya bor. Şuningdek, önlab yirik tarmoqlar va minglab kiçik qahvaxonalar (ularning har biri öz qahvasini sotadi) va peştaxtalarda yuzlab brendlar mavjud.

Bu kompaniyalar orasida Death Wish Coffee öz örniga ega. Işlab çiqaruvçilarning 95 foizi reklama kampaniyalarida asosiy e'tiborni tabiiylik, qovuriş yoki yoqimli hidga qaratsa, Death Wish özini «dunyodagi eng aççiq qahva» deb ataydi.

Kompaniyaga 2012 yilda asos solingandi. Bugunga kelib brend Amazondagi birinçi 1000 sotuvçi röyxatiga kirgan va Walmart’ning 900ta dökonida sotiladi. Kompaniya saytiga har kuni 10 ming taşrifçi kiradi, uning daromadi esa sönggi uç yilda yiliga ikki marta oşmoqda.

Qanday boşlaşgan?

Kompaniya asosçisi Mayk Braun karerasini Nyu-Yorkda hisobçilikdan boşlagan. Biroz vaqt ötgaç, xodim bölib işlaş unga ma'qul kelmasligini tuşundi. Mayk işdan ketdi, köplab amerikaliklarga öxşab, biroz tanaffus oliş va endi nima qilişni öylaşga qaror qildi. Biroq tanaffus depressiyaga aylandi, pul tugab borardi va döstlari xavotirga tuşib, şunday derdilar: «Mayk, bas, yetar. Biror nima qilsang-çi?».

Turli variantlar ustida boş qotirar, böş vaqtini qahvaxonalarda ötkazardi. 2008 yildagi inqiroz davrida Nyu-Yorkdagi Saragota Springs tumanida ilk qahvaxona oçildi. Öşanda Mayk 28 yoşda edi.

Qahva dökonini oçiş uçun u uyini sotdi. Biroq dökon foyda keltirmasdi. Mayk ijaradagi uyidan ketdi va onasinikiga köçib ötdi. Öşa vaqtda u 30 yoşga çiqqandi.

Faoliyatining boşida brend faqat sayt orqali savdolarga e'tibor qaratdi. Mijozlar diqqatini tortiş uçun Mayk öramlarni qahva blogerlari, jurnalist va yulduzlarga yubordi. «99 foiz holatda heç qanday javob bölmasdi. Biroq kun kelib, kimdir biz haqimizda gapirdi va biz savdolarning keskin kötarilganini kördik», - deya eslaydi Mayk.

Keyinçalik Death WishFacebook va Google’da reklamalar berişni boşladi.

Foto: THE BUSINESS PREVIEW

2016 yilda kompaniya Amerika futbol assotsiatsiyasi – Super Bowl finalida bepul reklama namoyiş etiş imkoniyatini yutib oldi. Bu AQŞdagi eng köp tomoşa qilinadigan tadbirlardan biridir. Namoyiş etilgan reklama nafaqat savdoga ta'sir körsatdi, balki kompaniyaga yillik rejani ortiği bilan amalga oşirişda yordam beradi. Reklama tufayli kompaniya özi haqida keng ommaga jar soldi, savdo tarmoqlari vakillaridan qönğiroqlar kelib tuşa boşladi. Aynan şu rolik kompaniyaga Walmart’ga yetkazib beriş böyiça kelişuvda yordam beradi. Jarayon 2018 yilning iyun oyida boşlandi.

Kompaniyaning bugungi işlari qanday?

Foto: THE BUSINESS PREVIEW

2015 yilda kompaniya 6 mln. dollar pul işladi.

2016 yilda – 10 mln. dollar.

2017 yilda – 20 mln. dollar.

2017 yilda Maykni EY’ga köra, «Nyu-Yorkdagi yil tadbirkori» deb ataşdi.

Kompaniya savdolari ösişda davom etmoqda. Walmart’dagi iştirokidan taşqari, 2018 yilning uçinçi çoragida kompaniya boşqa tarmoqlarda paydo bölib, mahsulotlari tarqalgan dökonlar sonini yana 550taga oşirmoqçi.

DWC yaqin orada oflayn dökonlarni oçişni rejalaştirmayapti. Maykning ilk qahvaxonasi öz işini davom ettirmoqda.

Kompaniya heç qaçon sarmoyadorlarni jalb etmay turib, ana şu natijaga erişdi.

Foto: THE BUSINESS PREVIEW