Tadbirda Amerikaning nufuzli kompaniyalari rahbarlari, şuningdek, AQŞ Davlat departamenti va Savdo vazirligi vakillari iştirok etdi.
Amerika-Özbekiston Savdo palatasi (AUCC) raisi Kerolin Lemm Özbekistonda amalga oşirilayotgan sönggi islohotlar, xususan, işbilarmonlik muhiti va hukumat tomonidan xalqaro investorlar uçun yaratilayotgan şart-şaroitlarni baholadi. “Ikki davlat örtasidagi savdo aloqalarini rivojlantiriş tarafdori sifatida men Amerika kompaniyalarini Özbekistonda biznes yuritiş istiqbollarini mustahkamlaşga va ularni özbek bozoriga köproq sarmoya kiritişga çaqiraman”, deb qöşimça qildi K.Lemm.
Silverleafe Capital Partners prezidenti Den Pattersonning sözlariga köra, Amerika brendlari tomonidan Özbekiston töqimaçilik korxonalari bilan hamkorlik qilişga qiziqiş bildirilayotgani respublika töqimaçilik mahsulotlari sifati va raqobatbardoşligiga bölgan işonçdan dalolat beradi. Şu munosabat bilan Silverleafe prezidenti Özbekiston töqimaçilik kompaniyalari va Amerika brendlari rahbarlari örtasida uçraşuvlar taşkil etişga tayyorligini bildirdi.
CNH Industrial kompaniyasi vitse-prezidenti Stiv Nadernining sözlariga qöra, CNH Industrial ilğor qişloq xöjaligi texnikasi va tajribalarini taqdim etiş orqali Özbekiston uşbu soha sanoatini modernizatsiya qiliş va unumdorligini qöllab-quvvatlaşni maqsad qilgan. S.Naderni Özbekistonda qişloq xöjaligi sohasida faoliyat yuritayotgan zavod va fabrikalar jihozlarini modernizatsiya qilişda özbek hamkorlar bilan faol hamkorlikni davom ettirişni bildirdi.
Tadbir yakunida AUSS va AQŞ kompaniyalari rahbarlari Özbekistonda amalga oşirilayotgan islohotlarni qat’iy qöllab-quvvatlaşlarini, Amerika kompaniyalarini respublika bozoriga kirişga undaşlarini va yangi investitsiya loyihalari ustida işlaşda davom etişlarini ta’kidladilar. Amerika tomoni bilan AUSS taşkil etilganining 30 yilligi arafasida joriy yilning sentabr oyida Vaşington şahrida “Amerika–Özbekiston biznes-forumi”ni ötkaziş böyiça kelişuvga erişildi.











