Insultni rivojlantiruvçi omillarni örganadigan Interstroke xalqaro loyihasi qariyb 27 ming kişi iştirokidagi sönggi tadqiqot natijalarini e’lon qildi. Iştirokçilarning yarmi birinçi marta insultni boşdan keçirganlar böldi.

Tadqiqotda 27 mamlakatdan 61—63 yoş oraliğida bölgan turli jinsdagi 26 952 kişi iştirok etdi. Ularning 59 foizi erkaklar. Barça iştirokçilar kasallik tarixi, turmuş tarzi va har kuni iste’mol qiladigan içimliklari haqida anketa töldirdi.

Iştirokçilarning gazlangan içimlik va meva şarbatlarini iste’mol qilişiga qaratilgan tadqiqot quyidagilarni körsatdi:

  • Gazli içimliklar, jumladan şakar yoki sun’iy şirinlaştirgiç qöşilgan içimliklar insult xavfini 22 foizga oşiradi;
  • Gazli içimliklar va insult ehtimoli örtasidagi boğliqlik Şarqiy/Markaziy Yevropa, Yaqin Şarq, Afrika va Janubiy Amerikada yuqori;
  • Tadqiqotga köra, meva şarbati sifatida sotiladigan köplab mahsulotlar konsentratlardan tayyorlanadi va qöşimça şakar va konservantlarni öz içiga oladi. Bunday içimliklar insult ehtimolini 37 foizga oşiradi;
  • Ayollarda meva şarbati/içimliklari bilan boğliq insult ehtimoli yuqori;
  • Kuniga 7 stakandan köproq oddiy suv içiş insult xavfini kamaytiradi.

Bundan taşqari, olimlar kuniga tört çaşka qahva iste’mol qilganda insult ehtimoli 37 foizga oşişini aniqladi. Ammo bu faqat içimlikning öziga emas, balki qon bosimi holatiga va yurak uriş tezligiga ham boğliq bölişi mumkin. Ta’kidlanişiça, qahvani kamroq iste’mol qiliş insult xavfini tuğdirmaydi.

Çoy esa soğlik uçun nafaqat xavfsiz, balki foydali bölib qolmoqda. Tadqiqotdan ma’lum bölişiça, har kuni uç-tört piyola çoy içilsa, çoy turiga qarab, insult xavfi 18-29 foizgaça kamayişi mumkin. Eng yaxşi natijaga (29 foiz) erişiş uçun olimlar sut qöşilmagan qora çoyni tavsiya etadi. Şu bilan birga, kök çoy ham insult xavfini 27 foizga kamaytiradi.

Ammo topilmalarda muhim geografik farqlar aniqlandi — çoy Xitoy va Janubiy Amerikada insult xavfini pasaytirsa, Janubiy Osiyoda kasallik ehtimolini oşirişi mumkinligi qayd etildi.