IShID yetakchisi al-Bag‘dodiy og‘ir yaralangani xabar qilindi
IShID yetakchisi Abu Bakr al-Bag‘dodiy og‘ir yaralanganidan keyin to‘shakka deyarli mixlangan va guruhni boshqarmayapti. Bu haqda Iroqning «As-Sumariya» telekanali mamlakat razvedkasidagi manbaga asosan xabar tarqatdi.
Kanal suhbatdoshining ma'lumotlariga ko‘ra, al-Bag‘dodiy joriy yilning iyun oyida Iroq harbiy-havo kuchlarining IShID nazorati ostida bo‘lgan Suriya qishloqlaridan biriga qilingan hujum paytida yaralangan. Samolyotlar radikallarning uchrashuv joyiga zarbalar berdi. Bir necha terrorchi halok bo‘ldi, qolganlari, shu jumladan, guruh yetakchisi ham jiddiy jarohatlandi.
Telekanal manbasining iddao etishicha, al-Bag‘dodiyning o‘rniga asli kelib chiqishi iroqlik bo‘lmagan jangarilar Abu Usmon at-Tunisiy nomzodini ko‘rsatgan - u, taxallusiga ko‘ra, Tunisdan. Biroq, iroqlik ekstremistlar unga qarshi chiqdilar.
Al-Bag‘dodiy, haqiqiy ismi - Ibrohim Avad Ibrohim al-Badriy, birinchi marta 2014 yil iyul oyida, Mo‘sul shahrida omma oldida ko‘rinish bergandi. O‘shandan buyon ommaviy axborot vositalari bir necha bor u yo‘q qilingani haqida xabar berishdi, ammo bu tasdiqlanmadi. May oyida Iroq hukumati al-Bag‘dodiy tirik ekani va, katta ehtimol bilan, Suriyaning Xajin shahrida yashiringanini ma'lum qildi.
Mavzuga oid
12:00 / 21.10.2024
GFRda IShID tarafdori Isroil elchixonasiga hujum uyushtirishni rejalashtirgan
15:11 / 05.10.2024
“O‘zbekiston DXX Rossiyaga IShID a’zolarini tutishga yordam bergan” - Bortnikov
20:19 / 28.09.2024
AQSh boshchiligidagi koalitsiya Iroqdagi missiyasini 2025 yilda yakunlaydi
20:54 / 11.08.2024