Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyadagi inqiroz domino tamoyilini boshlab berdi
Hind rupiyasining dollarga nisbatan qiymati rekord darajada tushib ketdi. The Independent nashrining yozishicha, bunga Turkiyadagi inqiroz sabab bo‘lgan.
Hindiston Markaziy banki valyuta bozoridagi vaziyatga aralashdi, ammo rupiya qulashining oldini ololmadi. Oqibatda bir dollar 69,62 rupiyagacha ko‘tarilib ketdi.
Nashrning qayd etishicha, Yangi Zelandiya dollari ham bosim ostida qolgan. Turkiyadagi inqiroz oqibatida mamlakat valyutasi keyingi ikki yil davomida ilk bor 0,66 AQSh dollariga tushib ketgan.
Bundan tashqari, Yevropa banklari Turkiyadagi muammo natijasida qanchalik zarar ko‘rishlari mumkinligini aniqlashga urinmoqda. Bu ayniqsa Ispaniya, Fransiya va Italiyaga kuchli ta'sir qiladi.
Turk lirasi bir necha haftadan beri qiyin ahvolda turibdi, biroq deyarli 20 foizga qulash atigi bir kunning ichida yuz berdi.
AQSh prezidenti Donald Trampning turk po‘lat va alyuminiysiga bojlarni ikki barobarga oshirish haqidagi qarori lira qulashini yanada kuchaytirdi.
Turkiyadagi holat Rossiya valyutasiga ham ta'sir ko‘rsatdi – 13 avgust kungi savdolarda bir dollar 68 rubldan oshdi.
Mavzuga oid
15:55 / 13.06.2026
Turkiyada 3 kunda 4 nafar o‘zbekistonlik vafot etdi
20:23 / 12.06.2026
D guruhi tanishtiruvi. Mezbon AQSh kimlar bilan o‘ynaydi?
22:23 / 08.06.2026
Harbiy tibbiyot sohasida Turkiya bilan hamkorlik rivojlantiriladi
13:14 / 07.06.2026