Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Charm-poyabzal va mo‘ynachilik sohasida malakali kadrlar tayyorlash tizimi tubdan takomillashtiriladi
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “Charm-poyabzal va mo‘ynachilik sohalarida malakali kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi joylashtirildi.
Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi hamda “O‘zcharmsanoat” uyushmasining Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti tuzilmasida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan Charm-poyabzal sohasi muhandis-texnik xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv markazini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilishi mumkin.
Quyidagilar O‘quv markazining asosiy vazifalari etib belgilanadi:
charm-poyabzal, terini qayta ishlash, mo‘ynachilik, qorako‘lchilik sohasi muhandis-texnik xodimlarini zamonaviy talablar asosida qayta tayyorlash va malakasini oshirish;
ilg‘or tajribalarni, shu jumladan xorijiy mamlakatlarning charm-poyabzal, terini qayta ishlash, mo‘yna va qorako‘l terisiga ishlov berish sohasidagi tajribalarini umumlashtirish va ommalashtirish;
o‘quv jarayonini zamonaviy uslublar va innovatsion usullarda tashkil etish;
darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari va ilmiy-metodik ishlanmalarni tayyorlash;
o‘quv jarayonlariga yuqori malakali professor-o‘qituvchi kadrlarni, xorijiy maslahatchilarni, ekspertlarni va sohada amaliy ish tajribasiga ega bo‘lgan malakali mutaxassislarni jalb etish;
ta'lim muassasalarida sohaning yuqori malakali mutaxassislari tomonidan maxsus fanlar hamda charm-poyabzal, terini qayta ishlash va mo‘ynachilik tarmoqlarining dolzarb masalalari bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazishni, ma'ruzalar o‘qishni (jumladan soatbay to‘lov shartlarida) joriy etish;
soha yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy konferensiyalar va seminarlar tashkil etish.
Belgilanishicha, O‘quv markazi direktori O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi va “O‘zcharmsanoat” uyushmasi bilan kelishilgan holda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti tomonidan tayinlanadi.
O‘quv markazi faoliyati quyidagi manbalar hisobiga moliyalashtiriladi:
Davlat byudjyetida O‘quv markazi uchun nazarda tutiladigan mablag‘lar;
soha korxonalari xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish uchun to‘lov-kontrakt asosida korxonalar tomonidan o‘tkazib beriladigan mablag‘lar;
O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan o‘tkaziladigan tanlovlarning natijalari bo‘yicha ajratiladigan grantlar;
xo‘jalik faoliyati va shartnomalari asosida ko‘rsatiladigan xizmatlardan tushadigan mablag‘lar;
ilmiy-o‘quv, o‘quv-metodik, ilmiy va axborot-tahliliy mahsulotlarni ishlab chiqarish va tarqatishdan tushadigan mablag‘lar;
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik mablag‘lari, xalqaro moliya institutlari, xorijiy va donor tashkilotlarning grantlari, shuningdek qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar