Jahon | 20:10 / 14.08.2018
21546
2 daqiqa o‘qiladi

Italiyada fojia. Qurbonlar soni 30 nafarga yetdi

Italiya shimolidagi Genuyada A10 pullik avtomagistrali o‘tgan ko‘prik qulashi oqibatida halok bo‘lganlar soni 30 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda mamlakat ichki ishlar vaziri, bosh vazir o‘rinbosari Matteo Salvini ma'lum qildi.

«Afsuski, 30ga yaqin kishi halok bo‘lgan, ko‘plab kishilar og‘ir ahvolda qolmoqda», degan Salvini.

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, Genuyani ikkiga bo‘lib oquvchi daryo ustidagi balandligi salkam 50 metr bo‘lgan ko‘prik turar joy binolari, temiryo‘l izlari va sanoat zonasi joylashgan vodiy bo‘ylab o‘tadi. Ko‘prikning markaziyning qismi qulagan. Ayni vaqtda ko‘prikning 200 metrga yaqin qismi qulab tushgan.

Kuchli yog‘ingarchilik vaqtida yuz bergan qulashning asl sabablari hozircha ma'lum emas.

Ushbu ko‘prik o‘tgan asrning 60-yillarida qurilgan. OAV ma'lumotiga ko‘ra, Nyu-Yorkdagi Bruklin ko‘prigini eslatuvchi ushbu ko‘prik oxirgi marta 2016 yilda ta'mirlangan.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid