12:15 / 14.08.2018
8796
Reklama

«JIHOZ-VENTILYATSIYA» korxonasining konditsioner va ventilyatsiya jihozlari

Foto: JIHOZ-VENTILYATSIYA

(Havoda chang va g‘ubor bo‘lmasa odam ming yil yashashi mumkin. Ibn Sino)

Zamonaviy hayot tarzimizni sanoat rivoji, qurilish binolarining ko‘payishi hamda shaharlarning kengayib borishisiz (garchi buning salbiy oqibatlari ko‘p bo‘lsa ham) tasavvur qilib bo‘lmaydi. O‘z navbatida, inson hayoti va sog‘lig‘i uchun, bizni o‘rab turgan, biz nafas olayotgan havoning tozaligi o‘ta dolzarb masala bo‘lib, buni aslo e'tiborsiz qoldirish mumkin emas. Yopiq xonalarni tez-tez shamollatib turish – zararli gazsimon chiqindilardan xalos bo‘lib, salomatligimizni asrash yo‘lidagi bir qadamdir. 

Qurilish me'yorlari va qoidalarida ishlab chiqarish muassasalari xonalarining doimiy ishchi o‘rinlaridagi havoning harorati, nisbiy namligi va harakat tezligining optimal ruxsat etilgan me'yorlari bo‘yicha:

- yozda o‘rtacha harorat 23-25oS, kislorod miqdori 20%,  nisbiy namlik  40-60 foiz, havo tezligi 0,3 m/sekund deb;

- qish sharoitida esa harorat 18-20oS, kislorod miqdori 20%,  havo tezligi 0,2 m/sekund deb mo‘'tadil iqlim belgilangan.

Shu o‘rinda mamlakatimizda mo‘'tadil iqlim sharoitlarini ta'minlab berishda, yuqorida ko‘rsatilgan masalalarni hal etishda «JIHOZ-VENTILYATSIYA» korxonasi sanoat konditsionerlari va ventilyatsiya jihozlarini  ishlab chiqarib o‘zining munosib hissasini ko‘shib kelmokda. Hozirgi vaqtda mamlakatimizda ishlab chiqaruvchilar uchun yaratilgan sharoitlardan unumli foydalangan korxonamiz Germaniyaning “Ebmpapst”, “SIEMENS”, Daniyaning “Danfoss” va “ Artel” korxonalari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan. Buning natijasida tejamkor, sifatli, raqobatbardosh va kafolat muddati 3 yillik mahsulotlar ishlab chiqarmoqda.

Foto: JIHOZ-VENTILYATSIYA

Korxona har bir mijozning talabiga binoan sanoat konditsionerlari va ventilyatsiya jihozlarini ishlab chiqaradi. Bizning sanoat konditsionerlarimiz 1600m3/soat xavodan 250000 m3/soatgacha  havoni tozalab, namlab, isitib va sovutib beradi. Hozirda «JIHOZ-VENTILYATSIYA» sanoat konditsionerlari va ventilyatsiya jihozlari mamlakatimizning ko‘pdan-ko‘p qurilish va sanoat binolarida o‘rnatilmoqda.

Murojaat uchun:

Toshkent shahar

Tel: (+998 71) 273-06-77, 273-92-68

Sayt: www.jihoz-vent.uz

e-mail: jihoz-vent@mail.ru

Reklama huquqi asosida

Top