Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bahodir G‘oyibnazarov Shayxontohur tumani hokimligidan ham ketdi
Toshkent shahrining Shayxontohur tumanida rahbar o‘zgardi. Tuman hokimi Bahodir G‘oyibnazarov ishdan olingan.
Toshkent shahri hokimligi matbuot xizmati ma'lumotiga ko‘ra, endi tumanning yangi hokimi Shuhrat Sanjarovich Muhammadxonov bo‘lgan.
Qayd etish kerakki, Bahodir G‘oyibnazarov 2017 yilning aprel oyida prezident tanqididan keyin Olmazor tumani hokimi lavozimidan ozod etilgan, ammo shu yil oxirida, 2017 yilning dekabridan Shayxontohur tumaniga hokimlik qila boshlagandi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 10 avgust kuni Toshkent shahrini aylangan, shu kuni Shayxontohur tumani faollari bilan uchrashuv o‘tkazgandi. Yig‘ilishda prezident shaharning ham tarixiy, ayni vaqtda markaziy tumanlaridan hisoblangan Shayxontohurdagi vaziyatni keskin tanqid qilgan, aholi uchun sharoitlar yetarli darajada yaratilmagani aytib o‘tilgandi.
Biroz avvalroq Oybek Anvarjonovich Hoshimov Shayxontohur tumanining yangi prokurori etib tayinlangani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
21:33 / 22.12.2025
“Bizni tinch qo‘yishsa, ko‘proq hosil olamiz” – Kogonlik fermer o‘zi va hamkasblari qanday sharoitda ishlayotgani haqida
09:14 / 19.12.2025
Shayxontohur tumanida to‘rtta avtomobil ishtirokida YTH qayd etildi
17:37 / 04.12.2025
Sirdaryodagi 9 ta tuman-shahar hokimlari Xitoyga yo‘l oladi
17:18 / 27.11.2025