Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
II chorakda tijorat banklari aholidan 868 mln dollar sotib oldi
Joriy yilning I choragida mamlakatimizga xalqaro pul o‘tkazmalari orqali 950 mln. dollar miqdoridagi valyuta mablag‘lari kirib kelgan bo‘lsa, II chorakda ushbu ko‘rsatkich 1,4 barobarga oshib 1 335 mln. dollarni tashkil etdi. Bu haqda Markaziy bankning 2018 yil I yarim yilligi bo‘yicha naqd pul muomalasi sharhida aytiladi.
Tijorat banklari tomonidan I chorakda aholidan 420 mln. dollar miqdoridagi (3,4 trln. so‘m) xorijiy valyuta sotib olingan bo‘lsa, II chorakda ushbu ko‘rsatkich 2 barobarga oshib 868 mln. dollarni (6,9 trln. so‘m) tashkil etdi. Mazkur holat naqd pulga bo‘lgan 3,5 trln. so‘mlik qo‘shimcha talabni yuzaga keltirdi.
“Shu bilan birga, aholi tomonidan chet el valyutasini milliy valyutaga ayirboshlashga bo‘lgan talabning oshishi milliy valyuta kursining joriy yil boshidan mustahkamlanib borishi bilan ham izohlanishi mumkin”, - deyiladi sharhda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda naqd pul hajmi ortayotgani xabar berilgandi.
Shu bilan birga, Markaziy bank kichik nominaldagi banknotlarni muomaladan bosqichma-bosqich bilan qaytarib olayotgani ma'lum bo‘ldi.
Mavzuga oid
19:08 / 07.07.2026
XVJ O‘zbekistondagi valuta kursining “suzuvchi” rejimini tan oldi
19:43 / 04.07.2026
Eskrou orqali rasmiylashtirilgan oldi-sotdi bitimlari o‘sishda davom etmoqda
15:00 / 03.07.2026
O‘zbekistonda UzQR tizimi ishga tushdi. Asosiy savollarga javoblar
19:21 / 16.06.2026