AQSh Kongressida ikki nafar musulmon ayol paydo bo‘lishi mumkin
Demokratik partiyadan noyabr oyining o‘rtalarida bo‘lib o‘tadigan oraliq saylovlarda ikki nomzod AQSh Kongressidagi birinchi musulmon ayollarga aylanishi mumkin. Bu haqda CNBC telekanali xabar bermoqda.
Sobiq somalilik qochqin, Minnesota shtati deputati Ilhan Umar demokratlarning praymerizida g‘alaba qozondi va endi noyabr oyida AQSh Kongressidagi o‘rin uchun kurashni davom ettiradi. Ikkinchi nomzod - asli kelib chiqishi falastinlik bo‘lgan Rashida Tlaib Detroytdagi praymerizda yutib chiqdi.
Somalida tug‘ilgan Ilhan Umar Keniyadagi qochqinlar lagerida Qo‘shma Shtatlarga ko‘chib o‘tishidan oldin to‘rt yil yashagan. Uning okrugi Minneapolis shtati va atrofidagi tumanlarni qamrab oladi, u yerda AQShdagi eng yirik somaliliklar jamoasi istiqomat qiladi. CNBC’ning eslatishicha, avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp somalilik migrantlar Minnesota shtati uchun «balo» ekanini aytgandi.
Falastinlik migrantlarning qizi Rashida Tlaib Detroytda tug‘ilgan, deya ta'kidlaydi telekanal.
«Sizlar bugun prezidentimiz paytidagi vaziyatdan ko‘ra ko‘proq narsaga haqlisiz», - deya aytib o‘tdi Tlaib o‘zining tarafdorlari uchrashuvda.
Kongressga ikki nafar demokrat nomzod AQShdagi migratsiya va bojxona nazoratini bekor qilish tarafdoridir, deyiladi materialda. Ularning tarafdorlari orasida ko‘plab muhojirlar bor.
Bu yilgi saylovlarda 90 nafardan ziyod musulmon ishtirok etmoqda, deya xabar beradi CNBC. Shunga qaramay, ayrim shtatlarda praymerizlar hali o‘tkazilmadi.
Mavzuga oid
15:44
AQShda jarroh robot videoga qarab operatsiya qilishni o‘rgandi
14:22
AQSh: KXDR askarlari allaqachon Ukrainaga qarshi urushda qatnashmoqda
22:03 / 12.11.2024
AQSh hukumati NUJ bo‘yicha ba’zi ma’lumotlarni oshkor qilishi mumkin
16:55 / 12.11.2024