Gulnora Karimovaning advokati yutqazdi

Foto: eurasianbusinessbriefing.com
Gulnora Karimova tomonidan 800 million Shveytsariya frankining (810 million dollar) 700 million dollarga yaqin qismi musodara etilishi yuzasidan kiritilgan ariza jinoiy ishlar bo‘yicha Shveytsariya federal sudi tomonidan rad etildi.
OAV ma'lumotiga ko‘ra, hukm 31 iyul kuni chiqarilgan.
Karimovaning apellyatsiyasi uning Jyenevadagi advokati Greguar Manja tomonidan kiritilgan edi.
«Shveytsariyadagi hisoblarga joylashtirilgan va band solingan 800 million frankning 701 million dollarlik qismi musodara etilishiga qarshi da'vo yutqazilgan», deyilgan xabarda.
Bundan oldinroq, Shveytsariya Gulnora Karimovaning millionlarini O‘zbekistonga qaytarishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.
Anonim manbaning ta'kidlashicha, mazkur pullarga bir necha da'vogarlar bo‘lgan. Ularning eng birinchisi O‘zbekiston hukumati bo‘lsa, ikkinchisi — AQSh va uchinchisi Zeromax kreditorlaridir.
«Gulnora Karimova va uning gumashtalari moliyaviy nayranglarini AQSh dollarida olib borgani, boz ustiga AQSh bank tizimidan foydalanganini da'vo qilayotgan Amerika moliya vazirligi pullarning bir qismiga ega chiqishi mumkin. Zeromax kreditorlari hozircha tergovga bu kompaniyaning asl egasi Gulnora Karimova bo‘lganini isbotlab berisha olgani yo‘q, shu sababli ularda amalda bu pullarning qandaydir bir qismini bo‘lsada qo‘lga kiritish uchun imkoniyat qolmagan», — degandi shveysariyalik mulozim.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Matbuot xizmati Kun.uz'ga tasdiqlashicha, federal sud tomonidan 22 may kuni qabul qilingan qarorga ko‘ra, Gulnora Karimova hisobidagi mablag‘lar (686,7 million dollar) O‘zbekistonga qaytarilishi kutilmoqda. Bu borada Bosh prokuratura Shveytsariya tomoni bilan hamkorlikda ish olib bormoqda.
Eslatib o‘tamiz, Toshkentdagi Forumlar saroyi va «Bunyodkor» stadionini (hozirgi «Milliy» stadioni) qurish uchun Zeromax GmbH kompaniyasi 20dan ortiq Shveytsariya kompaniyalari bilan shartnomalar tuzgan. 2010 yil 28 oktabrda Zeromax kasodga uchraganini ma'lum qilgan. Yevropalik kreditorlar esa Karimovaning muzlatilgan aktivlari hisobidan qarzlarning qaytarilishini so‘rab arz qilgan. Qarzning umumiy miqdori 5 milliard dollarni tashkil qilgan. Kreditorlar Zeromax’ning haqiqiy egasi Gulnora Karimova ekanini aytgan. Kompaniyaning sobiq ijrochi direktori Mirodil Jalolov ayni paytda O‘zbekistondagi qamoqxonalardan birida jazo muddatini o‘tamoqda.
2017 yilning yozida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining Uyushgan jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurashish boshqarmasi Gulnora Karimovaga nisbatan ikkita jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani haqida ma'lum qilgandi.
Unga ko‘ra, Karimova 2015 yilning avgustida jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyati sudi tomonidan bir qator jinoyatlarda aybdor deb topilib, 5 yilga ozodlikdan mahrum qilingan. Yana bir jinoyat ishi bo‘yicha tergov davom etmoqda. U o‘ziga qo‘yilayotgan barcha ayblovlarni rad qilgan.
Tavsiya etamiz
Putin o‘ziga voris tayyorlayotganini aytdi
Jahon | 20:13 / 04.05.2025
Husanovning o‘yinsiz seriyasi atrofidagi savollar va javoblar
Sport | 18:17 / 04.05.2025
“Yopilgan ish” yoxud otgan o‘qi o‘ziga qaytgan tergovchining iqrori
Jamiyat | 15:23 / 04.05.2025
9 may bayrammi yoki motam? Bu kunning mazmuni qanday?
O‘zbekiston | 21:19 / 03.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Mers Parij va London bilan yadroviy tiyib turish masalasini muhokama qilishga tayyor
Jahon | 07:53
-
O‘zbekistonda qancha yangi avtobus yo‘nalishlari ochilgani ma’lum qilindi
O‘zbekiston | 07:39
-
Abu-Dabida Yaqin Sharqdagi birinchi «Disneylend» paydo bo‘ladi
Jahon | 03:00
-
YeChL. "PSJ" javob o‘yinida ham "Arsenal"ni yengib, finalga chiqdi
Sport | 02:17
Mavzuga oid

23:08 / 24.04.2025
O‘zbekistonga Shveytsariya va Belgiyadan Gulnora Karimovga tegishli jami 290 mln dollar qaytarilishi mumkin

15:54 / 24.04.2025
Gulnora Karimovaning Shveytsariyada musodara qilingan mablag‘laridan 95 mln dollar O‘zbekistonga qaytarilgan

12:03 / 03.04.2025
Belgiya hukumati «korrupsiya va pul yuvish» jinoyatlari doirasida musodara qilingan 108 mln dollarni O‘zbekistonga qaytarmoqchi

16:53 / 06.02.2025