08:30 / 16.08.2018
19689
Reklama

«Qorako‘l Ziyo-Nur» o‘quv markazi o‘quvchilarining 91,4 % talabalar safiga qabul qilindi

Bugungi kunda davlatimiz tomonidan adolatli prinsiplar asosida abituriyentlarimizning talaba bo‘lishlari uchun barcha yetarli shart-sharoitlar va keng imkoniyatlar yaratilgan, bizdan esa faqatgina qunt bilan bilim olish talab etiladi xolos.

Shunday keng imkoniyatlardan foydalangan «Qorako‘l Ziyo-Nur» o‘quv markazining 2018 yilgi bitiruvchilari 91,4 foizi bugungi kunda talaba degan nomga sazovor bo‘lishdi.

O‘quv markazimiz 2012 yildan beri samarali faoliyat ko‘rsatib kelayotgan bo‘lib, o‘tgan davrda o‘quvchilarimizning 90 foizdan ortig‘i talabalar safiga qabul qilingan edi. Quvonarlisi shundaki, ulardan 70 foizidan ortig‘i davlat granti asosida talaba bo‘lishgan.

Ta'kidlab o‘tish joizki, markazimizda abituriyentlarni oliy o‘quv yurtlariga kirish imtihonlariga tayyorlash bilan bir qatorda, o‘quvchilarni matematika va fizika fanlaridan respublika va jahon olimpiadalariga tayyorlash ham samarali yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, o‘tgan davr mobaynida bizning o‘quvchilarimiz Jahon olimpiadalarida 4 ta kumush va 5 ta bronza medali sovrindori bo‘lishdi.

O‘quv markazimizda quyidagi fanlar bo‘yicha darslar o‘tiladi:

  • Matematika
  • Fizika
  • Ingliz tili
  • Ona tili va adabiyot
  • Tarix

Qabul 3 sentabrdan 1 oktabrga qadar davom etadi!

Eslatma! «Qorako‘l Ziyo-Nur» o‘quv markazining hech qanday filiallari yo‘q!

Manzil: Toshkent shahri, Shayxontoxur tumani, 44-uy

Mo‘ljal: “ChORSU” mehmonxonasi ro‘parasi

Telefonlar: +99895 144 89 44, +99898 124 44 89, +99890 902 19 44

Batafsil ma'lumotni bloktest.uz saytidan olishingiz mumkin.

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid
Top