Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Olmazor Business city’ni barpo etish ishlari boshlandi
Foto: Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati
Olmazor tumanida zamonaviy, yuksak me'moriy qiyofaga ega bo‘lgan Olmazor Business city’ni barpo etish ishlari boshlandi, deb xabar qildi Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati.
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2 avgust kuni mamlakat hududlarida Business city formatidagi ishbilarmonlik markazlarini tashkil etish to‘g‘risidagi qarorni imzolagan edi. Qaror shahar va tuman markazlarining arxitekturaviy qiyofasini yaxshilash va obodonlashtirish, xorijiy va mahalliy investorlar uchun ularning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish, asosiy turistik yo‘nalishlarda zamonaviy obektlar qurish, shuningdek aholi va mamlakat mehmonlari uchun taqdim etilayotgan xizmatlar ro‘yxatini kengaytirish hamda sifatini oshirishga qaratilgan.
Qurilishlar buyurtmachi, muvofiqlashtiruvchi va nazoratchisi vazifasini Toshkent hokimiyatlari huzuridagi har bir «Siti» uchun tashkil etiluvchi direksiyalar tomonidan amalga oshiriladi.
Bugun respublikada birinchi bo‘lib Olmazor tumanida 23,5 gektarga ega bo‘lgan “Olmazor Business city” zamonaviy ishbilarmonlik markazi Direktsiyasi tashkil etildi. Ushbu markaz chuqur va har tomonlama puxta ishlab chiqilgan Kontseptsiyaga asosan tashkil etildi. Xususan, ko‘p qavatdan iborat bo‘lgan zamonaviy turar joylar va apartamentlar, zamonaviy savdo va ijtimoiy majmualar hamda sayilgohlar qurish ko‘zda tutilgan.
“Olmazor Business city” hududida investorlarga qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida soliq va bojxona imtiyozlari, chet el investorlar va mutaxassislar uchun viza va ishga jalb qilish tartiblari soddalashtirilgan.
Mavzuga oid
15:24 / 22.04.2026
Tadbirkor Timur Musin Toshkentdagi “Palov muzeyi” va Caravan restoranlarini sotuvga qo‘ydi
14:12 / 22.04.2026
Umumiy ovqatlanish tarmoqlari peshlavhalar olib tashlanayotgani bo‘yicha murojaat bilan chiqdi
20:15 / 17.04.2026
O‘zbekistonda qurilayotgan pulli yo‘llar. Narx nimaga qarab belgilanadi?
22:20 / 16.04.2026