Turkiyadagi riteylerlar iPhone’ga buyurtma qabul qilishni to‘xtatishdi

Foto: Getty/Images
Turkiyadagi yirik riteylerlar mijozlardan Apple kompaniyasining iPhone smartfonlariga buyurtma qabul qilishni to‘xtatishdi. Bu haqda Hürriyet gazetasi yozmoqda.
Nashrning ma'lumot berishicha, Istanbuldagi eng yirik elektronika importyorlaridan biri bo‘lgan Dogubank savdo maydonchasi qiymati 50 million dollarga yaqin bo‘lgan iPhone smartfonlariga buyurtmani bekor qilgan. Smartfonlar Turkiyaga oktabr va noyabrda keltirilishi lozim edi.
Istanbuldagi yana qator firma va bozorlar ham Apple mahsulotlaridan tashqari, AQShda ishlab chiqarilgan boshqa turdagi elektronika mahsulotlariga buyurtmalar qabul qilmayapti.
Sabah gazetasining xabar berishicha, iPhone’ga buyurtma berish Turkiyaning Osiyo qismida to‘xtatilgan. Aksariyat riteylerlar Amerikadagi elektronika mahsulotlari ishlab chiqaruvchi kompaniyalar bilan shartnomalarni bekor qilishmoqda yoki tuzatish kiritishmoqda. Ko‘plab sotuvchilar peshtaxtalardan Amerika mahsulotlarini olib tashlashgan.
Mahalliy sotuvchilar hukumat bilan hamjihatlik belgisi sifatida ana shunday choraga qo‘l urishdi. 14 avgust kuni Erdo‘g‘an «Turkiyaga qarshi iqtisodiy urushni boshlaganlar uning uchun to‘lov to‘lashi kerak»ligini ta'kidladi.
AQSh harakatlariga ehtimoliy javob sifatida Erdo‘g‘an Amerika elektronika mahsulotlarini boykot qilish va milliy ishlab chiqaruvchilarni rivojlantirish haqida gapirdi.
«Biz chet el valyutasiga sotib olinayotgan narsalardan yaxshiroq mahsulotlarni ishlab chiqaramiz va sotamiz. Biz Amerika elektronikasini boykot qilamiz», - dedi Erdo‘g‘an va «Ularda iPhone bo‘lsa, boshqa tomondan Samsung ham bor», - deya qo‘shib qo‘ydi.
Tavsiya etamiz
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston | 19:08 / 13.05.2025
1 iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kiradi
O‘zbekiston | 17:29 / 13.05.2025
O‘zbekistonliklar eng ko‘p Green Card yutganlar orasida 1-o‘rinni egalladi
Jahon | 22:24 / 12.05.2025
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiya aeroportlari 2025 yilda dronlar tufayli 217 marta yopildi
Jahon | 10:30
-
Yangi Toshkent hududining 30 foizi bog‘ va xiyobonlar uchun ajratiladi
O‘zbekiston | 10:24
-
Korrupsiya xavfini aniqlash bo‘yicha yangi mexanizm joriy etiladi
O‘zbekiston | 10:20
-
Rossiya federal budjetning deyarli uchdan bir qismini maxfiylashtirdi
Jahon | 10:18
Mavzuga oid

17:55 / 12.05.2025
Apple deyarli butunlay shisha iPhone chiqaradi

19:46 / 04.05.2025
Turkiya muxolifati yetakchisi Istanbulda hujumga uchradi - video

11:09 / 28.04.2025
“Farzandlarimiz turk erkaklari quchog‘ida qolmoqda” – Turkiyadagi o‘zbek xotin-qizlari taqdiri haqida suhbat

09:03 / 21.04.2025