Jahon | 19:39 / 16.08.2018
24673
2 daqiqa o‘qiladi

«O‘z qoniga g‘arq bo‘ladi». Ukrainada Rossiyani ogohlantirishdi

Foto: Sergei Karazy/Reuters

Ukrainaning vaqtincha bosib olingan hududlar va ichki ko‘chib o‘tgan shaxslar masalalari bo‘yicha vazir o‘rinbosari Yuriy Grimchakning ma'lum qilishicha, Ukraina armiyasining ikki yil avvalgiga qaraganda ancha yaxshiroq holatga ega bo‘lib turibdi. Bu haqda RIA «Novosti» uning «Apostrof» nashriga bergan intervyusiga tayangan holda.

Grimchakning eslatishicha, ikki yil avval Rossiya tomonining «hujumi», u Ukrainaning ko‘p sonli yo‘qotishlariga olib kelishi haqida gapirgandi.

«O‘shanda men ular bizning va o‘zining qonida g‘arq bo‘lishi haqida aytgandim. Bugun mening fikrimcha, hujum yuz beradigan bo‘lsa, ular o‘z qonida g‘arq bo‘lib ketadi», - deya ma'lum qildi Grimchak.

Uning ta'kidlashicha, Kiyev armiyasida «juda ko‘p narsalar o‘zgardi».

Eslatib o‘tamiz, avvalroq ukrainalik general Rossiya bilan barcha aloqalarni uzishga chaqirgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid