Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Neymarga yana qiziqa boshlagan «Real» endi 300 million yevro to‘lashga tayyor
«PSJ» hujumchisi Neymarning «Real»ga o‘tishi masalasi yana kun tartibida bo‘lib turibdi. Sport.es xabariga ko‘ra, «qirollik klubi» 26 yoshli futbolchini o‘z safiga qo‘shib olish harakatlarini qaytadan boshlagan.
«Qaymoqranglilar» prezidenti Florentino Peres «Atletiko»ga qarshi kechgan UYeFA Superkubogidagi o‘yinda imkoniyat boy berilgach (2:4), xavotirga tushgan va Krishtianu Ronalduning o‘rnini zudlik bilan yuqori klassdagi hujumchi bilan to‘ldirish borasida qaror qabul qilgan.
Albatta, «PSJ» hamon o‘yinchini qo‘yib yuborish fikridan qaytmagan, biroq moliyaviy feyr-pley masalasida UYeFAning bosimi parijliklarning fikrini o‘zgartirishi mumkinligi aytilmoqda. Qayd etilishicha, «Real» braziliyalik futbolchi transferiga 300 million yevro yo‘naltirishga tayyor.
Mavzuga oid
19:28 / 08.07.2026
Afsonalarning ko‘z yoshlari va Trampni troll qilgan Belgiya. JChda 1/8 finalning asosiy voqealari
16:40 / 06.07.2026
Neymar Braziliya milliy jamoasi bilan xayrlashdi
11:49 / 25.06.2026
JChda 14-kun. Neymar maydonga qaytdi, Koreya yutqazib qo‘ydi
23:42 / 11.06.2026