Shavkat Mirziyoyev Emomali Rahmonni «El-yurt hurmati» ordeni bilan taqdirladi
«O‘zbekiston» anjumanlar saroyida O‘zbekiston va Tojikiston san'at ustalari ishtirokida «Do‘stlik oqshomi» nomli konsert bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Prezident Shavkat Mirziyoyev va Prezident Emomali Rahmon ishtirok etdi.
O‘zbekiston rahbari o‘zbek va tojik xalqlari azaldan yonma-yon yashagani, qiyinchiliklarni birgalikda yengib o‘tganini ta'kidladi.
«O‘zbek va tojik xalqlari bir daraxtning ikki shoxi, bir daryoning ikki irmog‘iga o‘xshaydi. Bizning muqaddas dinimiz, yerimiz va suvimiz bir. Quvonchu tashvishlarimiz, taqdirimiz mushtarak. Ajdodlarimizning ezgu an'analarini davom ettirib, xalqlarimiz do‘stligini mustahkamlashimiz va asrab-avaylashimiz kerak», deya ta'kidladi Shavkat Mirziyoyev.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni o‘qib eshittirildi. Emomali Rahmonga davlatimizning «El-yurt hurmati» ordeni topshirildi.
Keyingi yillarda faollashgan madaniy-gumanitar aloqalar xalqlarimizni yanada yaqinlashtirmoqda. Do‘stlik delegatsiyalari tashrifi va ijodiy safarlar uyushtirilib, madaniyat kunlari, konsertlar, ko‘rgazmalar, anjumanlar o‘tkazilmoqda.
«Do‘stlik oqshomi» tobora mustahkamlanib borayotgan O‘zbekiston va Tojikiston hamkorligi, xalqlarimiz do‘stligining yana bir ifodasi bo‘ldi», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.
Tojikiston Prezidenti ertaga, 18 avgust kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri Nurdinjon Ismoilov va Bosh vazir Abdulla Aripov bilan uchrashuvlar o‘tkazadi, Samarqand shahrini ziyorat qiladi.
Tavsiya etamiz
AQSh 43 davlat, jumladan Rossiya va Belarus fuqarolarining kirishini cheklashi mumkin
Jahon | 17:13 / 15.03.2025
Siyosat va futbol: to‘p yana Trampda
Jahon | 21:48 / 14.03.2025
Toshkentda bitta xonadon narxi necha yillik ijara haqiga teng?
O‘zbekiston | 20:15 / 14.03.2025
Toshkentda popkorn sotuvchilarini “panohiga olgan” profilaktika inspektori pora olganlikda ayblandi
Jamiyat | 19:19 / 14.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentda pulli avtoturargohlar uchun maksimal tarif ma’lum qilindi
Iqtisodiyot | 04:32
-
Zelenskiy tinchlik bo‘yicha muzokaralarda ishtirok etadigan Ukraina delegatsiyasi tarkibini tasdiqladi
Jahon | 03:50
-
Finlandiya AQShga tuxum yetkazib berishdan bosh tortdi
Jahon | 00:25
-
Tramp Lotin Amerikasiga giyohvand moddalarga qarshi kurashda yordam ko‘rsatishni to‘xtatdi
Jahon | 00:00
Mavzuga oid

20:48 / 09.10.2024
Buxoroning yangi aeroporti soatiga 8 ta samolyotga xizmat ko‘rsatadi

21:49 / 08.10.2024
Mirziyoyev MDH sammitida ko‘ptomonlama hamkorlik barcha yo‘nalishlarda rivojlanganini yuqori baholadi

19:31 / 06.10.2024
Shavkat Mirziyoyev Rossiyaga boradi

16:30 / 01.10.2024